Qimmatbaho metallar, barcha turdagi qimmatbaho toshlar va valyuta boyliklari saqlanishi taʼminlanmaganligi va ulardan oqilona foydalanilmaganligi uchun moddiy javobgarlik choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida (161-1-son)
13.10.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 13-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 161-1]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1.Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 1995-yil 12-iyuldagi 55-son bilan tasdiqlangan Qimmatbaho metallar, barcha turdagi qimmatbaho toshlar va valyuta boyliklari saqlanishi taʼminlanmaganligi va ulardan oqilona foydalanilmaganligi uchun moddiy javobgarlik choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 161, 1995-yil 20-iyul) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 28-sentabr,
81-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 28-sentabr,
2010-33-son
