Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2004/2005-yil kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (228-son)
12.05.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika tarmoqlari, korxonalari va muassasalarini 2004/2005-yil kuz-qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida tayyorlashni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2004/2005-yil kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha tadbirlar 1-ilovaga muvofiq;
Asosiy muhandislik kommunikatsiyalarini va texnologiya asbob-uskunalarini hududlar boʻyicha 2004/2005-yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlab qoʻyish va taʼmirlash jadvali 2-ilovaga muvofiq;
2004/2005-yil kuz-qish davrida ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining kommunal xizmat koʻrsatish masalalariga mutasaddi boʻlgan oʻrinbosarlari rahbarligida ana shunday hududiy komissiyalar tashkil etsinlar.
3. Respublika komissiyasi (R.F. Fayzullayev) respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarini 2004/2005-yil kuz-qish davriga tayyorlab qoʻyish va ularning barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha zarur kompleks tashkiliy chora-tadbirlarni taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 12-may,
228-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-maydagi 228-son qaroriga 1-ILOVA
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2004/2005-yil kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha
TADBIRLAR
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-maydagi 228-son qaroriga 2-ILOVA
Asosiy muhandislik kommunikatsiyalarini va texnologiya asbob-uskunalarini hududlar boʻyicha 2004/2005-yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlab qoʻyish va taʼmirlash
JADVALI
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-maydagi 228-son qaroriga 3-ILOVA
2004/2005-yil kuz-qish davrida ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi
TARKIBI
Komissiya tarkibiga lavozimiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining kommunal xizmat koʻrsatish masalalariga mutasaddi boʻlgan oʻrinbosarlari kiradi.
