2010-2020-yillarda nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targʻib qilish va ulardan foydalanish davlat dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida (222-son)
07.10.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2010—2020-yillarda nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targʻib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda Davlat dasturi) 1-ilovaga;
Davlat dasturini amalga oshirish boʻyicha Ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova berilmaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Davlat dasturini amalga oshirish boʻyicha asosiy ijrochi sifatida belgilanib, unga:
Davlat dasturi monitoringini yuritish;
muntazam ravishda har bir yil yakunida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga hisobotlarni taqdim etish;
Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-maʼrifiy ishlar ilmiy-metodik markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Oʻzbekiston Respublikasining nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish borasida har olti yilda YUNESKOga taqdim etiladigan hisobotlarini tayyorlash vazifalari yuklansin.
3. Belgilansinki, Davlat dasturini moliyalashtirish bilan bogʻliq xarajatlar Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida, shuningdek, homiylar mablagʻlari va budjetdan tashqari boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 7-oktabr,
222-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-oktabrdagi 222-son qaroriga 1-ILOVA
2010—2020-yillarda nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targʻib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturi
Izoh: mazkur Davlat dasturini moliyalashtirish ishlari ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida hamda homiylar va ijrochi tashkilotlarning mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
