Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida (116-son)
03.03.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mamlakatimizda barkamol avlodni voyaga yetkazish, bilimli, ijodkor xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, iqtidorli yoshlarning ijtimoiy faolligini, madaniy-maʼnaviy qadriyatlarni yuksaltirishdagi ibratli faoliyatini ragʻbatlantirish maqsadida xamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 1999-yil 10-iyundagi Farmoniga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining takliflariga binoan, aʼlo xulqi, zukkoliga, donoligi, tashabbuskorligi bilan noyob isteʼdodini namoyon etayotgan hamda adabiyot, madaniyat, sanʼat, fan va taʼlim sohalaridagi alohida yutuqlari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarning iqtidorli qizlari Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlansin (taqdirlanganlar roʻyxati ilova qilinadi).
2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8-Mart xotin-qizlar bayramiga bagʻishlab oʻtkaziladigan tantanada sovrindorlik yorliqlari va nishonlari topshirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini taʼminlasin.
4. “Oʻzteleradio” kompaniyasi (A. Koʻchimov) hamda OʻzA ga (M. Hazratqulov) Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob isteʼdodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari D. Gʻulomova zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 3-mart,
116-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-martdagi 116-son qaroriga ILOVA
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar
ROʻYXATI
