Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2003/2004-yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash toʻgʻrisida (275-son)
17.06.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika tarmoqlari, korxonalari va muassasalarini 2003/2004-yil kuz-qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida tayyorlashni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2003/2004-yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash boʻyicha respublika komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari rahbarlik qiladigan shunday hududiy komissiyalar tashkil etsinlar.
3. Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2003/2004-yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash boʻyicha tadbirlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Respublika komissiyasi (K.N. Toʻlaganov) respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarini 2003/2004-yil kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha zarur kompleks tashkiliy chora-tadbirlarni taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 17-iyun,
275-son
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 17-iyundagi 275-son qaroriga 1-ilova
Iqtisodiyot tarmoqlarini 2003/2004-yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash boʻyicha respublika komissiyasi
TARKIBI
* Komissiya tarkibiga lavozimiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari kiradi.
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-iyundagi 275-son qaroriga 2-ilova
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2002/2003-yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash boʻyicha
TADBIRLAR
