Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida (245-son)
05.06.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tasdiqlansin:
2003-yil 15-aprelda Praga shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Chexiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida bojxona ishlarida hamkorlik va oʻzaro koʻmak toʻgʻrisidagi Bitim;
2003-yil 22-aprelda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ruminiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim;
2003-yil 8-aprelda Kiyev shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ukraina Respublikasi Hukumati oʻrtasida elchixonalar faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni oʻzaro tartibga solish toʻgʻrisidagi Bitimga (1995-yil 20-iyun, Toshkent) Bayonnoma.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnomalarning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillarining bajarilgani toʻgʻrisida tegishli bildirishnomalar yuborsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosarlari va tegishli vazirliklar hamda idoralar rahbarlari mazkur xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 5-iyun,
245-son
