609-modda. Ashyolarni topshirish
Sudlar, prokurorlar, tergovchilar va surishtiruv organlarining xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan oʻzaro hamkorligi tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-262-son) · Sana: 28.09.2010 · Amalda
Shaxsni xorijiy davlatning vakolatli organiga ushlab berishda jinoyat quroli boʻlgan ashyolar, shuningdek jinoyat izlarini oʻzida aks ettirgan yoki jinoiy yoʻl bilan topilgan ashyolar topshiriladi. Bu ashyolar shaxsni ushlab berish uning vafot etganligi yoki boshqa sabablar tufayli amalga oshirilishi mumkin boʻlmay qolgan taqdirda ham mazkur organning iltimosiga binoan topshiriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan ashyolarni topshirish, agar mazkur ashyolar boshqa jinoyat ishini yuritish uchun zarur boʻlsa, vaqtincha kechiktirib turilishi mumkin.
Uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash uchun ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan ashyolarni topshirish xorijiy davlat vakolatli organining jinoyat ishini yuritish tamomlanishi bilan ashyolarni qaytarish toʻgʻrisidagi kafolatlari mavjud boʻlgan taqdirdagina amalga oshiriladi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 28-sentabr,
OʻRQ-262-son
