Qashqadaryo viloyati hokimligi apparati tashkiliy tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (3-son)
06.01.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qashqadaryo viloyati hokimining viloyat hokimligi apparati tashkiliy tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Qashqadaryo viloyati hokimligi apparati tashkiliy tuzilmasiga qoʻshimcha ravishda viloyat hokimining umumiy masalalari boʻyicha oʻrinbosari — viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi lavozimlari kiritilib, viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari — viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi lavozimi tugatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 6-yanvar,
3-son
