Yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarga ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibiga oʻzgartirishlar kiritish haqida (900-1-son)
22.09.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 22-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 900-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ–1251-son “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 562-modda) muvofiq shuningdek mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish siyosatini amalga oshirishni yanada muvofiqlashtirish maqsadida buyuraman:
1. Yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironlarga ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibiga (roʻyxat raqami 900, 2000-yil 23-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 4-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 25-avgust,
160-P-son
