“1851-modda. Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi
Pirotexnika buyumlari muomalasi tartibga solinishi munosabati bilan oʻzbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-261-son) · Sana: 22.09.2010 · Amalda
Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish (Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki oʻtkazish —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 245-moddaning birinchi qismi “185” raqamidan keyin “1851” raqami bilan toʻldirilsin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 22-sentabr,
OʻRQ-261-son
