“281-modda. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijro etilayotganda undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish oqibatlari
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-260-son) · Sana: 22.09.2010 · Amalda
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijro etilayotganda undiruv garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratilgan taqdirda, sud ijrochisi garovga qoʻyilgan mol-mulk xatlab qoʻyilganidan keyin uch kunlik muddat ichida bu haqda ipotekaga oluvchiga xabarnoma yuboradi. Bunda ipotekaga oluvchi ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatning muddatidan ilgari bajarilishini talab qilishga, agar uning talabi qanoatlantirilmasa, undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratishga haqli. Agar ipotekaga oluvchi ushbu huquqdan foydalanmagan boʻlsa, ipoteka tugatiladi, bundan garovga qoʻyilgan mol-mulk kimoshdi savdosida realizatsiya qilinmaganligi va talablari garov bilan taʼminlanmagan kreditorlarning oʻz talablarini qanoatlantirish uchun mazkur mol-mulkni qabul qilishni rad etganligi hollari mustasno”.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 22-sentabr,
OʻRQ-260-son
