Dam olish kunini 2002-yil 24-mart yakshanba kunidan 22-mart juma kuniga koʻchirish toʻgʻrisida (85-son)
19.03.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Navroʻz bayramini nishonlash munosabati bilan hamda mehnatkashlarning dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Dam olish kuni 2002-yil 24-mart yakshanbadan 22-mart jumaga koʻchirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 19-mart,
85-son
