Umumiy yurisdiksiya sudlarining ayrimlarini tugatish va qayta tashkil etish toʻgʻrisida (PF-3400-son)
20.02.2004
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2003-yil 12-dekabrdagi 569-II-sonli “Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand va Fargʻona shaharlarining tuman maʼmuriy-hududiy tuzilmalarini tugatish hamda Navoiy viloyatining Navoiy tumani chegaralarini kengaytirish va nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 78-moddasiga asosan, umumiy yurisdiksiya sudlarining faoliyatini yanada takomillashtirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish maqsadida:
1. Jinoyat ishlari boʻyicha Buxoro viloyatining Toʻqimachi va Fayzulla Xoʻjayev tuman sudlari, Samarqand viloyatining Bogʻishamol, Siyob va Temir yoʻl tuman sudlari tugatilib, ularning negizida jinoyat ishlari boʻyicha Buxoro va Samarqand shahar sudlari tashkil qilinsin.
2. Jinoyat ishlari boʻyicha Navoiy viloyati Navoiy tuman sudi, Namangan viloyati Davlatobod tuman sudi, Fargʻona viloyati Qirguli tuman sudi tugatilsin.
3. Fuqarolik ishlari boʻyicha Buxoro viloyatining Fayzulla Xoʻjayev tumanlararo sudi, Navoiy viloyatining Navoiy tumanlararo sudi, Samarqand viloyatining Temir yoʻl tumanlararo sudi tugatilib, ularning negizida fuqarolik ishlari boʻyicha Buxoro, Samarqand shahar sudlari va Romitan, Karmana tumanlararo sudlari tashkil qilinsin.
4. Jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining tuzilmasi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha Oliy malaka komissiyasi bir oy muddat ichida qayta tashkil etilgan sudlarni sudya kadrlar bilan toʻldirish masalasi boʻyicha tegishli takliflar kiritsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy sudi, Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand, Fargʻona viloyat sudlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 14-avgustdagi PF–2682-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining sud tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga 1, 4, 6 — 8-ilovalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 6-fevraldagi PF–3023-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. Xudaybergenov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 20-fevral,
PF-3400-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 20-fevraldagi PF-3400 sonli Farmoniga 7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining
TUZILMASI
Tuman (shahar) sudi nomi Tuman, shaharlar nomi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahar Nukus shahar Taxiatosh Taxiatosh Amudaryo tumani Amudaryo tumani Beruniy Beruniy Kegeyli Kegeyli Moʻynoq Moʻynoq Nukus Nukus Taxtakoʻpir Taxtakoʻpir Toʻrtkoʻl Toʻrtkoʻl Boʻzatov Boʻzatov Xoʻjayli Xoʻjayli Chimboy Chimboy Shumanay Shumanay Ellikqalʼa Ellikqalʼa Qonlikoʻl Qonlikoʻl Qoraoʻzak Qoraoʻzak Qoʻngʻirot Qoʻngʻirot Andijon viloyati Andijon shahar Andijon shahar Xonobod shahar Xonobod shahar Andijon tumani Andijon tumani Asaka Asaka Baliqchi Baliqchi Buloqboshi Buloqboshi Boʻston Boʻston Jalolquduq Jalolquduq Izboskan Izboskan Qoʻrgʻontepa Qoʻrgʻontepa Marhamat Marhamat Oltinkoʻl Oltinkoʻl Paxtaobod Paxtaobod Ulugʻnor Ulugʻnor Xoʻjaobod Xoʻjaobod Shahrixon Shahrixon Buxoro viloyati Buxoro shahar Buxoro shahar Kogon shahar Kogon shahar Buxoro tumani Buxoro tumani Vobkent Vobkent Gʻijduvon Gʻijduvon Jondor Jondor Kogon Kogon Olot Olot Peshku Peshku Romiton Romiton Shofirkon Shofirkon Qorakoʻl Qorakoʻl Qorovulbozor Qorovulbozor Jizzax viloyati Jizzax shahar Jizzax shahar Arnasoy tumani Arnasoy tumani Baxmal Baxmal Doʻstlik Doʻstlik Jizzax Jizzax Zarbdor Zarbdor Zafarobod Zafarobod Zomin Zomin Mirzachoʻl Mirzachoʻl Paxtakor Paxtakor Forish Forish Yangiobod Yangiobod Gʻallaoral Gʻallaoral Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar Shahrisabz shahar Qarshi shahar Shahrisabz shahar Dehqonobod tumani Dehqonobod tumani Kasbi Kasbi Kitob Kitob Koson Koson Mirishkor Mirishkor Muborak Muborak Nishon Nishon Chiroqchi Koʻkdala Chiroqchi Koʻkdala Shahrisabz Shahrisabz Yakkabogʻ Yakkabogʻ Qamashi Qamashi Qarshi Qarshi Gʻuzor Gʻuzor
Navoiy viloyati Navoiy shahar Navoiy shahar Zarafshon shahar Zarafshon shahar Karmana tumani Karmana tumani Konimex Konimex Navbahor Navbahor Nurota Nurota Tomdi Tomdi Uchquduq Uchquduq Xatirchi Xatirchi Qiziltepa Qiziltepa Namangan viloyati Namangan shahar Namangan shahar Kosonsoy tumani Kosonsoy tumani Mingbuloq Mingbuloq Namangan Namangan Norin Norin Pop Pop Toʻraqoʻrgʻon Toʻraqoʻrgʻon Uychi Uychi Uchqoʻrgʻon Uchqoʻrgʻon Chortoq Chortoq Chust Chust Yangiqoʻrgʻon Yangiqoʻrgʻon Samarqand viloyati Samarqand shahar Samarqand shahar Kattaqoʻrgʻon shahar Kattaqoʻrgʻon shahar Bulungʻur tumani Bulungʻur tumani Jomboy Jomboy Ishtixon Ishtixon Kattaqoʻrgʻon Kattaqoʻrgʻon Narpay Narpay Nurobod Nurobod Oqdaryo Oqdaryo Payariq Payariq Pastdargʻom Pastdargʻom Paxtachi Paxtachi Samarqand Samarqand Tayloq Tayloq Urgut Urgut Qoʻshrabot Qoʻshrabot Sirdaryo viloyati Guliston shahar Guliston shahar Shirin shahar Shirin shahar Yangiyer shahar Yangiyer shahar Boyovut tumani Boyovut tumani Guliston Guliston Mirzaobod Mirzaobod Oqoltin Oqoltin Sayxunobod Sayxunobod Sirdaryo Sirdaryo Xovos�� Xovos Sardoba Sardoba
Surxondaryo viloyati Termiz shahar Termiz shahar Angor tumani Angor tumani Bandixon Bandixon Boysun Boysun Denov Denov Jarqoʻrgʻon Jarqoʻrgʻon Muzrabot Muzrabot Oltinsoy Oltinsoy Sariosiyo Sariosiyo Termiz Termiz Uzun Uzun Sherobod Sherobod Shoʻrchi Shoʻrchi Qiziriq Qiziriq Qumqoʻrgʻon Qumqoʻrgʻon Toshkent viloyati Angren shahar Angren shahar Bekobod shahar Bekobod shahar Nurafshon shahar Nurafshon shahar Olmaliq shahar Olmaliq shahar Ohangaron shahar Ohangaron shahar Chirchiq shahar Chirchiq shahar Yangiyoʻl shahar Yangiyoʻl shahar Bekobod tumani Bekobod tumani Boʻka Boʻka Boʻstonliq Boʻstonliq Zangiota Zangiota Oqqoʻrgʻon Oqqoʻrgʻon Parkent Parkent Pskent Pskent Toshkent Toshkent Chinoz Chinoz Yuqorichirchiq Yuqorichirchiq Yangiyoʻl Yangiyoʻl Oʻrtachirchiq Oʻrtachirchiq Qibray Qibray Quyichirchiq Quyichirchiq Toshkent shahri Uchtepa tumani Uchtepa Bektemir Bektemir Mirzo Ulugʻbek Mirzo Ulugʻbek Mirobod Mirobod Sirgʻali Sirgʻali Yangihayot Yangihayot Olmazor Olmazor Yashnobod Yashnobod Chilonzor Chilonzor Shayxontohur Shayxontohur Yunusobod Yunusobod Yakkasaroy Yakkasaroy
Fargʻona viloyati Fargʻona shahar Fargʻona shahar Margʻilon shahar Margʻilon shahar Quvasoy shahar Quvasoy shahar Qoʻqon shahar Qoʻqon shahar Beshariq tumani Beshariq tumani Bogʻdod Bogʻdod Buvayda Buvayda Dangʻara Dangʻara Yozyovon Yozyovon Oltiariq Oltiariq Qoʻshtepa Qoʻshtepa Rishton Rishton Soʻx Soʻx Toshloq Toshloq Uchkoʻprik Uchkoʻprik Fargʻona Fargʻona Furqat Furqat Oʻzbekiston Oʻzbekiston Quva Quva Xorazm viloyati Urganch shahar Urganch shahar Xiva shahar Xiva shahar Bogʻot tumani Bogʻot tumani Gurlan Gurlan Urganch Urganch Xazorasp Xazorasp Xiva Xiva Xonqa Xonqa Shovot Shovot Yangiariq Yangiariq Yangibozor Yangibozor Qoʻshkoʻpir Qoʻshkoʻpir Tuproqqalʼa Tuproqqalʼa
