Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi oʻzbekiston respublikasi qonunchiligining buzilishiga doir ishlarni koʻrib chiqish va jazo qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida (1131-5-son)
14.09.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasi qoshidagi qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 14-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1131-5]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2002-yil 13-martdagi 2002-04-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining buzilishiga doir ishlarni koʻrib chiqish va jazo qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1131, 2002-yil 23-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002 y, 8-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor K. TALIPOV
Toshkent sh.,
2010-yil 25-avgust,
2010-15-son
