Nukus shahrining 70 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish toʻgʻrisida (155-son)
08.05.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Nukus shahrining Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida va madaniy hayotidagi alohida ahamiyatini hisobga olib hamda Nukus shahrining tashkil topganiga 70 yil toʻlishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashining 2002-yilning noyabr oyida Nukus shahrining 70 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Nukus shahrining 70 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish Respublika tashkiliy qoʻmitasi tarkibi va tadbirlar rejasi 1, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi 3-ilovaga muvofiq tadbirlarni oʻz mablagʻlari va 2002-yil uchun ajratilgan kapital qoʻyilmalar limitlari hisobiga amalga oshirsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi 2002-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga:
2002-yil uchun tasdiqlangan respublika investitsiya dasturida “boshqa buyurtmachilar” boʻyicha nazarda tutilgan limitni tegishli ravishda kamaytirish hisobiga sanʼat muzeyi qurilishini tugallashga va amfiteatr qurilishiga 870 mln soʻm miqdorida,
1-respublika kasalxonasini rekonstruksiya qilishning birinchi navbatini amalga oshirishga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hisobiga 350 mln soʻm miqdorida kapital qoʻyilmalarning qoʻshimcha limitini ajratsinlar.
4. “Oʻzteleradio” kompaniyasi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va ommaviy axborot vositalari Nukus shahrining 70 yilligi nishonlanishiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish keng yoritilishini taʼminlasinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 8-may,
155-son
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 8-maydagi 155- son qaroriga 1-ILOVA
Nukus shahrining 70 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish respublika tashkiliy qoʻmitasi
TARKIBI
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 8-maydagi 155-son qaroriga 2-ILOVA
Nukus shahrining 70 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tadbirlari
DASTURI
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 8-maydagi 155-son qaroriga 3-ILOVA
Nukus shahrining 70 yilligi munosabati bilan qurilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish
TADBIRLARI
