Abduxoliq Gʻijduvoniy tavalludining 900 yilligini nishonlash toʻgʻrisida (423-son)
04.12.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Buyuk vatandoshimiz, tasavvuf ilmining yirik namoyandasi Abduxoliq Gʻijduvoniy tavalludiga 900 yil toʻlishi munosabati bilan ulugʻ alloma hayoti va faoliyatini, boy maʼnaviy merosini chuqur oʻrganish va uni xalqimiz orasida keng targʻib qilish hamda bu tadbirlarni 2003-yil oktyabr oyida YUNESKO ishtirokida yuksak tashkiliy saviyada oʻtkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. YUNESKO Bosh konferensiyasining 31-sessiyasi tomonidan Abduxoliq Gʻijduvoniy tavalludining 900 yilligini nishonlashda YUNESKOning ishtirok etishi haqidagi qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Abduxoliq Gʻijduvoniy tavalludining 900 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish Respublika tashkiliy qoʻmitasining tarkibi va tadbirlari rejasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Abduxoliq Gʻijduvoniy yashagan davr fani va madaniyatiga oid asarlarni, shuningdek, uning asarlari namunalarini nashr etishni oʻz ish rejalariga kiritsin.
4. Abduxoliq Gʻijduvoniy tavalludining 900 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish jarayonida Buxoro viloyati hokimligi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Imom al-Buxoriy jamgʻarmasi, homiylik qilish istagini bildirgan xorijiy tashkilotlar va jismoniy shaxslarning oʻz ulushlarini qoʻshish haqidagi takliflari qoʻllab-quvvatlansin.
5. “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalari Abduxoliq Gʻijduvoniy tavalludining 900 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.Toʻlaganov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 4-dekabr,
423-son
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-noyabrdagi 423- son qaroriga 1-ilova
Abduxoliq Gʻijduvoniy tavalludining 900 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish Respublika tashkiliy qoʻmitasi
TARKIBI
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-noyabrdagi 423- son qaroriga 2-ilova
Abduxoliq Gʻijduvoniy tavalludining 900 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tadbirlari
REJASI
