Hukumatlararo bitimlarni tasdiqlash toʻgʻrisida (92-son)
24.03.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2002-yil 18-fevralda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Litva Respublikasi Hukumati oʻrtasida investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Litva Respublikasi Hukumati oʻrtasida ikkiyoqlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad va kapital soliqlarini toʻlashdan boʻyin tovlashning oldini olish toʻgʻrisida 2002-yil 18-fevralda Toshkent shahrida imzolangan Konvensiya;
2002-yil 18-fevralda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Litva Respublikasi Hukumati oʻrtasida jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Bitim;
2002-yil 19-fevralda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Litva Respublikasi Hukumati oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi 1-son Bayonnoma.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va tashqi ishlar vaziri A.X. Komilov Oʻzbekiston Respublikasining ushbu hujjatlarda nazarda tutilgan majburiyatlari oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 24-mart,
92-son
