“8-modda. Notarial idora
Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-255-son) · Sana: 14.09.2010 · Amalda
Notarial idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi.
Notarial idora yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmaydi.
Notarial idoraning nomida “davlat notarial idorasi” soʻzlari boʻlishi, tegishli tuman, shahar koʻrsatilishi va zarurat boʻlganda, notarial idoraning raqami boʻlishi lozim.
Notarial idora tegishli notarial okrug doirasida joylashgan boʻlishi lozim.
Notarial idora binosida fuqarolarning notarius huzuriga kirishi, notarial harakatlar maxfiyligi, notarial ish yuritish hujjatlari, materiallari va notarial arxivning but saqlanishi, toʻlovlarni qabul qilish uchun shart-sharoitlar taʼminlanishi lozim”;
10) 9-modda chiqarib tashlansin;
11) 10-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Notarial idora notarial ish yuritish hujjatlari va materiallarining but saqlanishini taʼminlashi, oʻz notarial arxivini yuritishi shart.
Notarial ish yuritish hujjatlari va materiallari uch yil oʻtgach Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi notarial arxivlarga topshirilishi kerak. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi notarial arxivlar tomonidan beriladigan notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari va reyestrlardan koʻchirmalar notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladi hamda ularni berganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq undiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi notarial arxivlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega boʻladi.
Notarial ish yuritish qoidalari, notarial hujjatlarni saqlash muddatlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari davlat boji tushumlarining hisobini yuritadi va ular yuzasidan davlat soliq xizmati organlariga hisobot taqdim etadi”;
12) 11-modda ikkinchi qismining ruscha matnidagi “gosudarstvennim” degan soʻz chiqarib tashlansin;
