“31-modda. Malaka komissiyalari
Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-255-son) · Sana: 14.09.2010 · Amalda
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari (bundan buyon matnda malaka komissiyalari deb yuritiladi) stajirovkadan oʻtgan shaxslardan malaka imtihonlarini qabul qilish maqsadida tashkil etiladi.
Malaka komissiyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalarining qarorlari bilan notariuslar hamda adliya organlarining boshqa xodimlari orasidan teng miqdorda tuziladi.
Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi masalani hal etish, notarius qasamyodini qabul qilish, malaka komissiyalarining qarorlari ustidan berilgan apellatsiyalarni koʻrib chiqish, shuningdek malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish uchun oʻn bir kishidan iborat tarkibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Oliy malaka komissiyasi (bundan buyon matnda Oliy malaka komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi.
Oliy malaka komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining sudyalari, notariuslar hamda adliya organlarining boshqa xodimlari, advokatura vakillari kiradi. Oliy malaka komissiyasining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Oliy malaka komissiyasi va malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”;
6) 4-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
