“11401-modda. Merosni qabul qilib olish huquqining oʻtishi (meros transmissiyasi)
Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-255-son) · Sana: 14.09.2010 · Amalda
Agar vasiyatnoma boʻyicha yoki qonun boʻyicha vorislikka chaqirilgan merosxoʻr meros ochilganidan keyin uni qabul qilib olishga ulgurmasdan vafot etgan boʻlsa, unga tegishi kerak boʻlgan merosni qabul qilib olish huquqi uning qonun boʻyicha merosxoʻrlariga, agar barcha meros mol-mulk vasiyat qilingan boʻlsa, uning vasiyat boʻyicha merosxoʻrlariga oʻtadi (meros transmissiyasi). Meros transmissiyasi tartibida merosni qabul qilib olish huquqi bunday merosxoʻrning vafotidan keyin ochilgan meros tarkibiga kirmaydi.
Vafot etgan merosxoʻrga tegishli merosni qabul qilib olish huquqi uning merosxoʻrlari tomonidan umumiy asoslarda amalga oshirilishi mumkin.
Merosxoʻrning ushbu Kodeksning 1142-moddasida nazarda tutilgan merosning bir qismini majburiy ulush sifatida qabul qilib olish huquqi uning merosxoʻrlariga oʻtmaydi”;
2) 1147-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Merosxoʻr meros ochilgan kundan eʼtiboran istalgan vaqtda merosdan voz kechishga haqli”;
beshinchi qismi chiqarib tashlansin;
3) 1151-moddaning ikkinchi qismidagi “ushbu Kodeksning 1147-moddasida nazarda tutilgan muddat ichida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
4) 1157-moddaning ikkinchi qismidagi “bir yil” degan soʻzlar “uch yil” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat toʻgʻrisida”gi 343–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2006-yil, № 9, 498-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 1-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida notariat qonunlarda nazarda tutilgan notarial harakatlarni hamda ular bilan bevosita bogʻliq huquqiy va texnik tusdagi harakatlarni notariuslar tomonidan amalga oshirish yoʻli bilan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlashga daʼvat etilgan huquqiy institutdir.
