Shahrisabz shahrining 2700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish toʻgʻrisida (102-son)
29.03.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Jahon tarixi va madaniyatida alohida oʻrin tutgan Shahrisabz shahriga asos solinganligining 2700 yilligi munosabati bilan yubiley tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va tadbirlarni 2002-yil noyabr oyida YUNESKO ishtirokida yuksak tashkiliy saviyada oʻtkazishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. YUNESKO Bosh konferensiyasining 31-sessiyasi tomonidan Shahrisabz shahriga asos solinganligining 2700 yilligini nishonlashda YUNESKOning ishtirok etishi haqida qaror qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Shahrisabz shahrining 2700 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish Respublika tashkiliy qoʻmitasi tarkibi va tadbirlar rejasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda Shahrisabz shahrining tarixiy obidalarini 3-ilovaga muvofiq 2002-yilda taʼmirlashni taʼminlasin.
4. Qashqadaryo viloyati hokimligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qurilish, obodonlashtirish, aholini tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan taʼminlashni yanada yaxshilash, aloqa, transport, sogʻliqni saqlash va kommunal xizmat koʻrsatishni rivojlantirish tadbirlari 4-ilovaga muvofiq amalga oshirilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Shahrisabz shahrining 2700 yilligini nishonlash munosabati bilan taʼmirlanadigan tarixiy obidalarni restavratsiya qilishga Madaniyat ishlari vazirligining 2002-yilda restavratsiya ishlari uchun moʻljallangan mablagʻlaridan 400 mln soʻm va Vazirlar Mahkamasi zaxira jamgʻarmasidan 400 mln soʻm ajratishni nazarda tutsin.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Imom al-Buxoriy xalqaro jamgʻarmasi, YUNESKOning va Shahrisabz shahrining 2700 yilligini nishonlash boʻyicha tasdiqlangan tadbirlarni amalga oshirishda homiylik qilish istagini bildirgan boshqa tashkilotlarning tashabbusi qoʻllab-quvvatlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda 2002-yilgi investitsiya dasturida Qashqadaryo viloyati hokimligi boʻyicha belgilangan markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari doirasida 1200 oʻrinli yigʻma amfiteatr qurilishi uchun 200 mln soʻm ajratishni nazarda tutsin.
7. “Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari Shahrisabz shahrining 2700 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish keng yoritilishini taʼminlasinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov va Bosh vazir oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 29-mart,
102-son
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-martdagi 102-son qaroriga 1-ILOVA
Shahrisabz shahrining 2700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasi
TARKIBI
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-martdagi 102-son qaroriga 2-ILOVA
Shahrisabz shahrining 2700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tadbirlari
DASTURI
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-martdagi 102-son qaroriga 3-ILOVA
Shahrisabz shahrining 2700 yilligini nishonlash munosabati bilan taʼmirlanadigan tarixiy obidalar
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-martdagi 102-son qaroriga 4-ILOVA
Shahrisabz shahrining 2700 yilligini nishonlash munosabati bilan shahardagi qurilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish
TADBIRLARI
