Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralarining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va maʼmuriy-boshqaruv apparati xodimlarining shtatlar sonini qisqartirish toʻgʻrisida (89-son)
22.02.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralarining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va maʼmuriy-boshqaruv apparati xodimlarining shtatlar sonini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya va Ichki ishlar vazirliklari, Prokuratura, Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Davlat soliq va Davlat bojxona qoʻmitalarining amaldagi boshqaruv tuzilmasi hamda maʼmuriy-boshqaruv apparati xodimlarining shtatlar sonini qisqartirish boʻyicha takliflari inobatga olinsin va 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ichki ishlar vazirligi idoralari maʼmuriy-boshqaruv apparatidan qisqartirilayotgan 393 ta shtat birliklari hisobiga ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida quyi ichki ishlar idoralari tezkor xizmatlarining shtat birliklari 2-ilovaga muvofiq koʻpaytirilsin.
3. Davlat bojxona qoʻmitasi maʼmuriy-boshqaruv apparatidan qisqartirilayotgan 55 ta shtat birliklari hisobiga bojxona chegara maskanlari va ularning tezkor-qidiruv guruhlari shtat birliklari 3-ilovaga muvofiq koʻpaytirilsin.
4. Ichki ishlar vazirligi (Z.Almatov) 2-ilovaga muvofiq, Davlat bojxona qoʻmitasi (Oʻ.Komilov) 3-ilovaga muvofiq joriy yilning 1-apreligacha topshiriqlarni bajarilishini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ.Sultonov va Davlat maslahatchisi T.Xudaybergenov zimmalariga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 22-fevral,
89-son
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-fevraldagi 89-son qaroriga 1-ILOVA
Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari maʼmuriy-boshqaruv apparati xodimlarining shtatlar sonini qisqartirish boʻyicha
TOPShIRIQ
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-fevraldagi 89-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi idoralari maʼmuriy-boshqaruv apparatidan qisqartiriladigan shtat birliklari hisobiga ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida quyi ichki ishlar idoralari tezkor xizmatlarining shtat birliklarini koʻpaytirish boʻyicha
TOPShIRIQ
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-fevraldagi 89-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi idoralari maʼmuriy-boshqaruv apparatidan qisqartiriladigan shtat birliklari hisobiga bojxona chegara maskanlari va ularning tezkor-qidiruv guruhlari shtatlarini koʻpaytirish boʻyicha
TOPShIRIQ
