“Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasi Vasiylik kengashining tarkibi toʻgʻrisida (204-son)
03.05.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasi Vasiylik kengashining yangilangan tarkibi ilovaga muvofiq maʼqullansin.
2. Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaxslar uning tarkibiga kiritilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasi Vasiylik kengashining faoliyatini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 4-martdagi 74-son qaroriga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 3-may,
204-son
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 3-maydagi 204-son qaroriga ILOVA
“Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya jamgʻarmasining Vasiylik kengashi
TARKIBI
