“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasining harbiy qoʻriqlash nizomini hamda harbiy qoʻriqlash xodimlari tomonidan qoʻriqlanadigan va kuzatib boriladigan yuklar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (177-son)
12.08.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Temir yoʻl transportida tashiladigan yuklarni qoʻriqlashni tashkil etish va taʼminlash, temir yoʻl transporti obyektlarini muhofaza qilish, yongʻinga qarshi profilaktika ishlarini olib borish, yongʻin nazoratini amalga oshirish va temir yoʻl transportidagi yongʻinlarni bartaraf etish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Qonunining 22-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining harbiy qoʻriqlash xodimlari tomonidan qoʻriqlanishi va kuzatib borilishi lozim boʻlgan yuklar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
* 1-ilova berilmaydi.
2. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bir oy muddatda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining harbiy qoʻriqlash xodimlari tomonidan qoʻriqlanishi va kuzatib borilishi kerak boʻlgan yuklar roʻyxatini belgilangan tartibda manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayevga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 12-avgust,
177-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-avgustdagi 177-son qaroriga 2-ILOVA
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari tomonidan qoʻriqlanishi va kuzatib borilishi lozim boʻlgan yuklar
ROʻYXATI
Izohlar:
1. Yuk joʻnatuvchilar (yuk oluvchilar) bilan kelishilgan holda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAJKning Harbiylashtirilgan qoʻriqlash boshqarmasi boʻlinmalari tomonidan shartnoma asosida boshqa yuklar ham qoʻriqlanishi va kuzatib borilishi mumkin.
2. Roʻyxatda koʻrsatilgan ayrim turdagi yuklarni qoʻriqlash va kuzatib borishni yuk joʻnatuvchilar (yuk oluvchilar) oʻz kuzatuvchilari yoki belgilangan tartibda yuklarni kuzatib borish va qoʻriqlash faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan korxonalar va tashkilotlarning vakillari orqali amalga oshirishlari mumkin.
3. Yukning GNG (Yuklarning garmonlashtirilgan nomenklaturasi) va ETSNG (Yuklarning yagona tarif-statistik nomenklaturasi) boʻyicha kod muvofiqligini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAJK belgilaydi.
