Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona avtoyoʻlaklarini kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (67-son)
11.02.1999
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududi orqali taqiqlangan tovarlarning noqonuniy olib oʻtilishining oldini olish, yuk transport vositalarining kirishi, chiqishi va tranzitini tartibga solish, shuningdek, bojxona nazoratini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining avto chegara bojxona postlari xodimlarining shtatdagi soni ilovaga muvofiq 53 nafarga koʻpaytirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bojxona postlarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni umumiy xarajatlar smetasi mablagʻlari hisobiga amalga oshirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 11-fevral,
67-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 11-fevraldagi 67-sonli qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida Bojxona avtomobil oʻtish punktlarini yaratish va kuchaytirish uchun qoʻshimcha xodimlar soni
