“Transport vositalari hamda boshqa oʻziyurar mashina va mexanizmlar egalaridan olinadigan soliq toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida (745-XII-son)
09.12.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Tranpsort vositalari hamda boshqa oʻziyurar mashina va mexanizmlar egalaridan olinadigan soliq toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 1993-yil 1-fevraldan boshlab amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1-fevralgacha boʻlgan muddatda:
— transport vositalari hamda boshqa oʻziyurar mashina va mexanizmlar egalaridan olinadigan soliq miqdorini belgilasin;
— Hukumatning, vazirliklar va davlat idoralarining meʼyoriy hujjatlarini mazkur Qonunga muvofiq holga keltirsin;
— Qonunning qoʻllanilishini taʼminlovchi zarur hujjatlar chiqarilishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-dekabr,
745-XII-son
