Hukumatlararo Bitimlarni tasdiqlash toʻgʻrisida (382-son)
09.08.1999
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tasdiqlansin:
1999-yil 18-may kuni Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Hindiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish toʻgʻrisidagi Bitim;
1999-yil 19-iyun kuni Moskva shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati axborot sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlari X.S. Karamatov, M.Z. Usmonov va Tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilovga mazkur hujjatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 9-avgust,
382-son
