Hukumatlararo bitimlarni tasdiqlash toʻgʻrisida (48-son)
03.02.1999
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1998-yil 8 sentabrda Boku shahrida imzolangan Yevropa — Kavkaz — Osiyo koridorini rivojlantirish boʻyicha xalqaro transport toʻgʻrisidagi asosiy koʻp tomonlama bitim tasdiqlansin.
2. Bosh vazir oʻrinbosari L.A.Axmetov va tashqi ishlar vaziri A.X.Kamilovga Oʻzbekiston Respublikasining mazkur Bitimda nazarda tutilgan majburiyatlari oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish vazifasi yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 3-fevral,
48-son
