Toshkent shahrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat kunlarini oʻtkazish toʻgʻrisida (466-son)
30.11.2000
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi xalqlarining milliy qadriyatlarini rivojlantirish, millatlar oʻrtasidagi oʻzaro doʻstlikni yanada mustahkamlash, Qoraqalpogʻiston xalqining madaniyati va sanʼati yutuqlarini keng targʻib qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, respublika jamoat tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2000-yil 15—18-dekabrda Toshkent shahrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat kunlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat kunlarini oʻtkazish tashkiliy qoʻmitasi tarkibi va tadbirlar dasturi 1, 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova berilmaydi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasidan madaniyat kunlari ishtirokchilarining soni 150 kishidan iborat qilib belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligiga:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat kunlarini oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtirish;
oʻz tasarrufidagi tomosha va koʻrgazma zallarini madaniyat kunlarini oʻtkazish uchun bepul foydalanishga berish vazifalari yuklansin.
3. Toshkent shahar hokimligiga:
Madaniyat kunlari qatnashchilari va mehmonlarni joylashtirish;
tadbirlar boʻlib oʻtadigan joylarni obodonlashtirish va bezash;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Respublika “Mahalla” jamgʻarmasi bilan birgalikda boshqa tashkiliy masalalarni hal etish topshirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Madaniyat kunlarini oʻtkazish bilan bogʻliq bosma ishlarni rejalashtirsin va amalga oshirsin.
5. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi madaniyat kunlari qatnashchilarining Toshkent shahriga kelib-ketishlarini taʼminlasinlar.
6. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat kunlariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tadbirlarini keng yoritish tavsiya etilsin.
7. “Oʻzbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Toshkent shahrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat kunlari oʻtkazilishiga bagʻishlangan hujjatli film yaratsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tadbirlar oʻtadigan joylarda, mehmonxonalarda jamoat tartibini saqlash hamda avtotransport harakati xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻrsin.
9. Toshkent shahrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat kunlarini oʻtkazish sarf-xarajatlari respublika budjeti va Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan teng miqdorda qoplansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 30-noyabr,
466-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-noyabrdagi 466-son qaroriga 1-ILOVA
Toshkent shahrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat kunlarini oʻtkazish tashkiliy qoʻmitasi
TARKIBI
