Andijon shahridagi futbol boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktab-internat oʻquvchi-futbolchilari taʼminoti normativlarini hamda uni jihozlash uchun mol-mulk roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (179-son)
16.08.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Andijon shahrida futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etish toʻgʻrisida” 2010-yil 12-avgustdagi PQ-1388-son qarorining 6-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Andijon shahridagi futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internat oʻquvchi-futbolchilarini yotoqxona anjomlari, oziq-ovqat bilan, shuningdek oʻquvchi-futbolchilarni va murabbiylarni sport ekipirovkasi va formasi bilan taʼminlash normativlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Andijon shahridagi futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internat uchun zarur boʻlgan oʻquv-mashq, sport va xoʻjalik uskunalari, anjomlar, zamonaviy kompyuter texnikasi, texnika va transport vositalari, shuningdek boshqa mol-mulk roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 16-avgust,
179-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 16-avgustdagi 179-son qaroriga 1-ILOVA
Futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internat oʻquvchi-futbolchilarini yotoqxona buyumlari va oziq-ovqat bilan taʼminlash
NORMATIVLARI
1. Futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internat oʻquvchi-futbolchilarining yotoqxonada yashashi uchun zarur buyumlar
2. Futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internat oʻquvchi-futbolchilari uchun zarur oziq-ovqat ratsioni
Izoh: oziq-ovqat mahsulotlari oʻrnini ularning oziqlik qimmati va toʻyimliligiga koʻra almashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 16-avgustdagi 179-son qaroriga 2-ILOVA
Futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internat oʻquvchi-futbolchilarini sport anjomlari va formasi bilan taʼminlash
NORMATIVLARI
I. Futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internat oʻquvchilarini sport anjomlari va formasi bilan taʼminlash
II. Futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internat murabbiylarini sport anjomlari va formasi bilan taʼminlash
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 16-avgustdagi 179-son qaroriga 3-ILOVA
Futbol boʻyicha Ixtisoslashtirilgan maktab-internat uchun zarur oʻquv-mashq, sport va xoʻjalik uskunalari, anjomlar, zamonaviy kompyuter texnikasi, texnika va transport vositalari, shuningdek boshqa mol-mulk
ROʻYXATI
Izoh: sport asbob-uskunalari va anjomlari roʻyxatini tuzishda quyidagi boshlangʻich maʼlumotlardan foydalanildi: 15 x 10 m hajmli 1 ta sport maydonchasi, 105 x 68 m hajmli 1 ta standart futbol maydoni, 90 x 50 m hajmli 2 ta nostandart futbol maydoni, 25 x 12 m hajmli yopiq suzish havzasi.
