Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (2134-son)
18.08.2010
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 18-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2134]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-son “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 17-son, 131-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 17-avgust,
64-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 17-avgust,
2010-34-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 17-avgustdagi 64, 2010-34-son qaroriga ILOVA
Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
nizom
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-son “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 17-son, 131-modda) muvofiq yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-son “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq 2010-yilning 1-iyulidan boshlab chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq toʻlovini (keyingi oʻrinlarda YaST deb yuritiladi) qonun hujjatlariga muvofiq, lekin miqdori yuqorida sanab oʻtilgan toifadagi toʻlovchilar uchun YaSTning eng kam miqdori sifatida aniqlanadigan, aynan shunday faoliyat turini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan qatʼiy belgilangan soliq miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda toʻlaydilar.
2. Ushbu Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
chakana savdo korxonalari — hisobot choragi (oyi) yakunlari boʻyicha asosiy faoliyat turi chakana savdo boʻlgan yuridik shaxslar;
xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar — hisobot choragi yakunlari boʻyicha asosiy faoliyat turi xizmat koʻrsatish boʻlgan mikrofirmalar va kichik korxonalar.
Faoliyatni xizmat koʻrsatishga tegishliligini aniqlash uchun “Oʻzstandart” agentligining 2006-yil 12-maydagi 05-15-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi faoliyat turlari boʻyicha xizmat koʻrsatish klassifikatori” umumdavlat klassifikatoridan foydalanish lozim.
3. Ushbu Nizom quyidagi xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalarga tatbiq etilmaydi:
yagona soliq toʻlovi toʻlovchisi boʻlmaganlarga;
faoliyati qonun hujjatlariga muvofiq faqat yuridik shaxs shaklida tashkil etiladigan tadbirkorlik subyektlariga;
faqat yuridik shaxslarga litsenziya beriladigan litsenziyalanadigan faoliyat turi bilan shugʻullanadiganlarga;
YaSTni toʻlashdan toʻliq ozod boʻlish imtiyoziga ega boʻlganlarga.
II. YaSTning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan YaSTni toʻlash tartibi
4. YaSTning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan toʻlanishi lozim boʻlgan YaST summasini aniqlash uchun toʻlovchilar quyidagilarni hisoblab chiqaradilar:
YaSTning eng kam miqdorini;
YaSTning hisob-kitob summasini;
YaSTning qoʻshimcha hisoblangan summasini.
5. YaST eng kam miqdori soliq toʻlovchining asosiy faoliyat turidan kelib chiqib aniqlangan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun oʻrnatilgan stavka boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq summasidan kelib chiqib hisoblanadi.
Masalan, agar soliq toʻlovchining asosiy faoliyat turi chakana savdo boʻlsa, unda YaSTning eng kam miqdori chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun oʻrnatilgan qatʼiy belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqib aniqlanadi.
Agar soliq toʻlovchining asosiy faoliyat turi avtomobil transportida yuk tashish xizmatlari koʻrsatish boʻlsa, unda YaSTning eng kam miqdori avtomobil transportida yuk tashishni amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun oʻrnatilgan qatʼiy belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqib, har bir avtotransport vositasini hisobga olgan holda aniqlanadi;
Mikrofirma va kichik korxonalar uchun YaST eng kam miqdorining summasi hisobot choragi uchun qatʼiy belgilangan soliq summalarini qoʻshish orqali chorak uchun hisoblab chiqariladi.
6. Ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq hisoblab chiqarilgan YaSTning eng kam miqdorini hisoblangan YaST summasi bilan solishtirish uchun YaST ning hisob-kitob summasi butun korxona boʻyicha aniqlanadi.
YaSTning hisob-kitob summasi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
HSyast = SYaT x S, bunda:
HSyast — YaSTning hisob-kitob summasi;
SYaT — YaST boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar qoʻllanilmagan hisobot oyi (choragi) uchun soliq solinadigan yalpi tushum (Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 29-dekabrdagi 111, 2007-66-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1760, 2008-yil 21-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 3-4-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan YaST hisob-kitobining “040”-satri maʼlumotlari asosida);
S — YaSTning oʻrnatilgan stavkasi.
YaSTning hisob-kitob summasi butun korxona boʻyicha ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shakldagi Maʼlumotnoma-hisob-kitob (keyingi oʻrinlarda Maʼlumotnoma-hisob-kitob deb yuritiladi) asosida aniqlanadi.
7. YaSTning hisob-kitob summasi YaSTning eng kam miqdori summasidan kam boʻlgan hollarda YaST qoʻshimcha hisoblanadi. Bunda YaST eng kam miqdori summasining YaST hisob-kitob summasidan ortgan qismi YaST hisob-kitobi boʻyicha hisoblangan YaST summasiga qoʻshimcha hisoblanadi.
Agar YaST hisob-kitob summasi YaST eng kam miqdoridan katta yoki unga teng boʻlsa, unda YaST qoʻshimcha hisoblanmaydi va YaST Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (II)-son) belgilangan tartibda toʻlanishi lozim, yaʼni YaST hisob-kitobi boʻyicha hisoblangan summa toʻlanadi.
Masalan, Toshkent shahrida joylashgan nooziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi chakana savdo korxonasi 2010-yilning iyul oyiga YaSTni 4 % stavka boʻyicha hisoblayotgan boʻlsin. Mazkur korxona soliq imtiyozlariga ega emas. Ushbu holatda YaSTning hisob-kitob summasi va YaST hisob-kitobi boʻyicha hisoblab chiqarilgan YaST summasi bir-biriga teng boʻladi. Agar ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq hisoblab chiqarilgan YaSTning hisob-kitob summasi YaSTning eng kam miqdoridan kam boʻlsa, Toshkent shahrida ushbu koʻrsatkich eng kam ish haqining (keyingi oʻrinlarda EKIH deb yuritiladi) 10 baravari miqdorini tashkil etsa, u holda YaST hisobot davri uchun EKIHning 10 baravari miqdorida toʻlanadi. Agar YaSTning hisob-kitob summasi YaSTning eng kam miqdoridan (EKIHning 10 baravari) koʻp boʻlsa, u holda YaST oʻrnatilgan 4% stavka boʻyicha toʻlanadi.
8. Agar ushbu Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan korxonalar hududiy jihatdan alohida boʻlgan yuridik shaxs boʻlmagan boʻlinmalarga, chakana savdoda esa — turgʻun savdo shoxobchalarga ega boʻlsa, YaSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YaST hududiy jihatdan alohida boʻlgan har bir boʻlinma (turgʻun savdo shoxobchasi) uchun toʻlanadi. Bunda YaSTning eng kam miqdori hududiy jihatdan alohida boʻlgan boʻlinma (turgʻun savdo shoxobchasi) joylashgan joydagi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan qatʼiy belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Korxonalar soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga soliq hisobotlari taqdim etiladigan muddatlarda ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha Hududiy jihatdan alohida boʻlgan boʻlinma (turgʻun savdo shoxobchasi) toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim etadilar.
Agar avval taqdim etilgan maʼlumotlar oʻzgaradigan boʻlsa, korxona oʻzgarish yuz bergan oydan keyingi oyning 10 kunidan kechiktirmay soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organini xabardor etadi.
Masalan, Toshkent shahrida roʻyxatdan oʻtgan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi savdo korxonasi yuridik shaxs boʻlmagan ikkita turgʻun savdo shoxobchasiga ega. Savdo shoxobchalaridan biri Toshkent shahrida joylashgan boʻlib, ushbu hududda xuddi shunday faoliyat turi bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan soliq oyiga EKIHning 10 baravari miqdorida belgilangan, ikkinchisi esa Toshkent viloyatining Gʻazalkent shahrida joylashga boʻlib, ushbu hududda qatʼiy belgilangan soliq stavkasi oyiga EKIHning 3 baravari miqdorida belgilangan. Shunday qilib, 2010-yilning 1-iyulidan boshlab chakana savdo korxonasi YaSTni ushbu savdo shoxobchalari joylashgan joy boʻyicha belgilangan stavkalar boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, biroq Toshkent shahrida joylashgan savdo shoxobchasi boʻyicha hisobot davri uchun EKIHning 10 baravaridan va Gʻazalkent shahrida joylashgan savdo shoxobchasi boʻyicha esa — EKIHning 3 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda toʻlaydi.
9. Bir nechta faoliyat turini amalga oshiruvchi korxonalar uchun ushbu Nizom bilan belgilangan tartib, agar ushbu faoliyat turi qonun hujjatlariga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin boʻlsa va unga, tegishincha, qatʼiy belgilangan soliq stavkasi belgilangan boʻlsa, faqat asosiy faoliyat turiga tatbiq etiladi.
1-misol. Kichik korxona quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:
umumiy ovqatlanish sohasidagi xizmatlar;
nooziq-ovqat mahsulotlarining chakana savdosi.
Umumiy ovqatlanish sohasidagi xizmat koʻrsatishdan tushgan tushumning ulushi umumiy realizatsiya hajmining 80 %ni tashkil etadi. Nooziq-ovqat mahsulotlarining chakana savdosidan tushgan tushumning ulushi esa — 20 %.
Korxona uchun asosiy faoliyat turi qonun hujjatlariga muvofiq faqat yuridik shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan umumiy ovqatlanish sohasida xizmatlar koʻrsatish ekanligini inobatga oladigan boʻlsak, ushbu Nizom bilan belgilangan tartib ushbu korxonaga tatbiq etilmaydi.
2-misol. Toshkent shahrida joylashgan kichik korxona quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:
oziq-ovqat mahsulotlarining chakana savdosi;
avtomobil transportida yuklar tashish boʻyicha xizmatlar;
vositachilik xizmatlari.
Oziq-ovqat mahsulotlarining chakana savdosidan tushumning ulushi umumiy realizatsiya hajmining 60 %ni tashkil etadi. Avtomobil transportida yuklar tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishdan tushgan tushumning ulushi umumiy realizatsiya hajmining — 30 %ni, vositachilik xizmatlari koʻrsatishdan tushgan tushumning ulushi esa — 10 %ni tashkil etadi.
Ushbu korxona uchun oziq-ovqat mahsulotlarining chakana savdosi asosiy faoliyat turidir. Ushbu faoliyat turi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin va u boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq stavkasi oʻrnatilgan. Shunday qilib, ushbu korxona YaSTni qonun hujjatlarda belgilangan tartibda, biroq oziq-ovqat mahsulotlarining chakana savdosi sohasida faoliyat amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan toʻlanadigan qatʼiy belgilangan soliq summasiga teng boʻlgan YaSTning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan summada toʻlaydi.
3-misol. Toshkent shahrida joylashgan kichik korxona — sartaroshxona majmuaviy xizmatlarni koʻrsatadi: sartaroshlik xizmati, manikyur, pedikyur, kosmetolog xizmatlari. Ushbu xizmat turlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkasi Toshkent shahri uchun oyiga EKIHning 4 baravari miqdorida belgilangan.
Ushbu holatda, butun korxona boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan YaST summasi, YaSTning eng kam miqdoridan — oyiga EKIHning 4 baravaridan kam boʻlmasligi lozim.
4-misol. Kichik korxona quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:
avtomobil transportida yuk tashish boʻyicha xizmatlar;
hududiy jihatdan alohida boʻlgan tarkibiy tuzilma tomonidan amalga oshiriladigan nooziq-ovqat mahsulotlarining — avtomobil ehtiyot qismlarining chakana savdosi.
Yuk tashish xizmatlari koʻrsatishdan tushgan tushumning ulushi umumiy realizatsiya hajmining 60% ini tashkil etadi. Nooziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosidan tushgan tushumning ulushi umumiy realizatsiya hajmining 40% ini tashkil etadi.
Ushbu korxona uchun avtomobil transportida yuk tashish xizmatlari koʻrsatish asosiy faoliyat turidir. Ushbu faoliyat turi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin va u boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq stavkasi oʻrnatilgan. Ushbu holatda, butun korxona boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan YaST summasi, har bir avtotransport vositasini hisobga olgan holda avtomobil transportida yuk tashish xizmatlari koʻrsatishni amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkor uchun belgilangan qatʼiy belgilangan soliq summasidan kam boʻlmasligi lozim. Bunda, ushbu korxona uchun nooziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosi asosiy faoliyat turi emasligini hisobga oladigan boʻlsak, YaSTning eng kam miqdori nooziq-ovqat mahsulotlarining chakana savdosi qismi boʻyicha tatbiq etilmaydi.
Masalan, korxona balansida 6 tonna yuk koʻtarish quvvatiga ega boʻlgan 5 ta yuk avtomobiliga ega. YaSTning eng kam miqdori quyidagicha hisoblanadi:
5 (yuk avtomobili) x EKIHning 3 baravari (8 tonnagacha yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkasi EKIHning 3 baravari miqdorida belgilangan) = YaSTning eng kam miqdori summasi.
Agar korxona yuk tashish xizmatlarini qatʼiy belgilangan soliq stavkalari transport vositalarining yuk koʻtarish quvvatlariga qarab tabaqalashgan har xil yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari orqali amalga oshirayotgan boʻlsa, YaSTning eng kam miqdori har bir avtotransport vositasi uchun, yuk koʻtarish quvvatlariga qarab, qatʼiy belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqib hisoblanadi.
Masalan, korxona balansida 10 ta yuk avtomobillariga ega, shulardan:
2 ta yuk avtomobili — 2 tonna yuk koʻtarish quvvatiga ega;
3 ta yuk avtomobili — 5 tonna yuk koʻtarish quvvatiga ega;
5 ta yuk avtomobili — 10 tonna yuk koʻtarish quvvatiga ega.
Bunday holda YaSTning eng kam miqdori quyidagi tartibda hisoblanadi:
2 (yuk avtomobili) x EKIHning 2 baravari (3 tonnagacha yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkasi EKIHning 2 baravari miqdorida belgilangan) = X1;
3 (yuk avtomobili) x EKIHning 3 baravari (8 tonnagacha yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkasi EKIHning 3 baravari miqdorida belgilangan) = X2;
5 (yuk avtomobili) x EKIHning 4 baravari (8 tonnadan ortiq yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkasi EKIHning 4 baravari miqdorida belgilangan) = X3;
X1 + X2 + X3 = YaSTning eng kam miqdori summasi.
10. YaSTning eng kam miqdori yuritilgan faoliyat turi toʻxtatilgan taqdirda, yuridik shaxs soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga ushbu Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha yozma xabarnoma taqdim etadi.
Yuridik shaxs xabarnoma taqdim etilgan oyning keyingi oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda YaST toʻlaydi.
11. Agar korxona hisobot davrida YaSTning eng kam miqdori yuritilgan faoliyat turini toʻxtatsa va ushbu Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan xabarnomani taqdim etmagan taqdirda, mazkur korxona YaSTni ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda YaSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda toʻlaydi.
111. Agar hisobot oyi (choragi) yakunlari boʻyicha korxonaning asosiy faoliyat turi xuddi shunday faoliyat turini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan qatʼiy belgilangan soliq miqdorida YaSTning eng kam miqdori belgilangan chakana savdo yoki xizmat koʻrsatish boʻlmasa, u holda ushbu korxona YaSTni Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2203, 2011-yil 3-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 9-son, 93-modda) muvofiq toʻlaydi.
Bunda qoʻshimcha hisoblangan YaST summasining oʻsib boruvchi yakuni oldingi hisobot davri uchun YaST hisob-kitobi boʻyicha hisoblangan YaSTning qoʻshimcha hisoblangan summasiga teng deb qabul qilinadi.
112. “Yangi tashkil etilgan mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq toʻlovini toʻlash muddatini kechiktirish huquqini berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1502, 2005-yil 2-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 30-31-son, 240-modda) bilan belgilangan tartibda YaSTni toʻlash muddatini kechiktirish huquqi berilgan yangi tashkil etilgan mikrofirma va kichik korxonalar qoʻshimcha hisoblangan YaST summasini YaSTning kechiktirilgan summalarini toʻlash bilan bir vaqtda toʻlaydilar.
III. YaSTning eng kam miqdorini soliq hisobotlarida aks ettirish tartibi
12. Ushbu Nizom tatbiq etiladigan soliq toʻlovchilar YaST hisob-kitobi bilan birga ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan Maʼlumotnoma-hisob-kitobni ilova qiladilar, hisobot choragi yakunlari boʻyicha asosiy faoliyat turi avtomobil transportida yuk tashish xizmatlari koʻrsatish boʻlgan YaST toʻlovchilari esa ushbu Nizomning 1a-ilovasida keltirilgan shaklda Maʼlumotnoma-hisob-kitobga hisobot davri uchun YaSTning eng kam miqdori toʻgʻrisidagi ilovani ham ilova qiladilar.
YaST hisob-kitobiga taqdim etilgan Maʼlumotnoma-hisob-kitobdan kelib chiqqan holda quyidagi satrlar kiritiladi:
“170” — qoʻshimcha hisoblangan YaST. Ushbu summa Maʼlumotnoma-hisob-kitobning “080”-satridan oʻtkaziladi;
“180” — hisobot davri uchun toʻlanishi lozim. “180”-satrda YaST hisob-kitobining “130”, “150” va “170”-satrlari yigʻindisi koʻrsatiladi.
IV. Yakuniy qoidalar
14. Soliq toʻlovchilar ushbu Nizomning talablarini hisobga olgan holda YaSTni hisoblab chiqarishning toʻgʻriligiga va qonun hujjatlariga muvofiq uni oʻz vaqtida toʻlashga javobgardirlar.
15. Davlat soliq xizmati organlari qonun hujjatlariga muvofiq YaSTning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
16. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan YaSTni hisoblab chiqarishning tartibi buzilgan holatlar aniqlanganda, davlat soliq xizmati organlari YaSTning eng kam miqdoridan kelib chiqib, qonun hujjatlariga muvofiq penya hisoblagan holda, YaSTni qoʻshimcha hisoblaydilar.
Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdorini hisobga olgan holda yagona soliq toʻlovining
MAʼLUMOTNOMA-HISOB KITOBI
* Agar 3-ustunning “030”-satri 3-ustunning “050”-satridan katta yoki unga teng boʻlsa, u holda “060”-satrda “0” qiymat koʻrsatiladi.
Izoh. Hisobot oyi (choragi) uchun yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori soliq toʻlovchining asosiy faoliyat turidan va tegishli oy (chorak) uchun belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqib aniqlanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan qatʼiy belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi.
Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1a-ILOVA
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 8-fevraldagi 17, 2012-4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2134-2, 09.03.2012-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2012-y., 10-son, 112-modda)
Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hududiy jihatdan alohida boʻlgan boʻlinmalar (turgʻun savdo shoxobchalar) toʻgʻrisida maʼlumot
Izoh: ushbu maʼlumotlar ikki nusxada roʻyxatdan oʻtkazish joyidagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi. Davlat soliq xizmati organi maʼlumotlarni olingani toʻgʻrisida belgi qoʻyadi va maʼlumotlarning bir nusxasini keyingi kundan kechiktirmay ariza beruvchiga qaytaradi.
Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Faoliyat turini amalga oshirishni toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma
Izoh: mazkur xabarnoma ikki nusxada roʻyxatdan oʻtkazish joyidagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi. Davlat soliq xizmati organi xabarnoma olingani toʻgʻrisida belgi qoʻyadi va xabarnomaning bir nusxasini keyingi kundan kechiktirmay ariza beruvchiga qaytaradi.
