Hukumatlararo bitimlarni tasdiqlash toʻgʻrisida (42-son)
23.01.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq:
1. Tasdiqlansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ukraina Hukumati oʻrtasida oʻsimliklar karantini sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim;
1998-yil 16-yanvar kuni Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ukraina Hukumati oʻrtasida hukumat aloqasi sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida Bitim.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari hamda Tashqi ishlar vazirligiga mazkur kelishuvlarda nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish taʼminlansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 23-yanvar,
42-son
