Hukumatlararo bitimni tasdiqlash toʻgʻrisida (164-son)
20.04.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati va Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 1998-yil 19-fevralda Toshkent shahrida imzolangan Xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.R.Yunusov, tashqi ishlar vaziri A.X.Komilov ushbu Bitimda nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 20-aprel,
164-son
