Hukumatlararo Bitimni tasdiqlash toʻgʻrisida (524-son)
07.12.1999
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1999-yil 26-noyabrda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Italiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida mudofaa sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.
2. Tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov, mudofaa vaziri X.K. Tursunov Oʻzbekiston Respublikasining ushbu hujjatda nazarda tutilgan majburiyatlari oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 7-dekabr,
524-son
