Oʻzbekiston Respublikasi bilan Yaponiya oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (533-son)
20.12.1999
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining 1999-yil noyabr oyida Yaponiyaga tashrifi davomida erishilgan Yaponiya Hukumati bilan ahdlashuvlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tashrif davomida:
Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻini rivojlantirish hamda Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlaridagi aeroportlarni rekonstruksiya qilish loyihalarining ikkinchi bosqichini amalga oshirish uchun Yaponiya Hukumatining uzoq muddatli imtiyozli kreditlari ajratilishi toʻgʻrisida notalar ayirboshlanganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasida muntazam siyosiy maslahatlashuvlar toʻgʻrisidagi qoʻshma bayonnomasida imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Yaponiya oʻrtasidagi har tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining tegishli Komplekslari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 20-dekabr,
533-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-dekabrdagi 533-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Yaponiya oʻrtasidagi har tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir tadbirlar
REJASI
