“Mitsui va ko., LTD” firmasi bilan birgalikda “Toshkent-Buxoro radiorele liniyasini rekonstruksiya qilish (Trans-osiyo-yevropa tola-optika aloqa liniyasini zaxiralash)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (485-son)
30.10.1999
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2010-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish milliy dasturini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligining “Mitsui va Ko., Ltd” firmasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yilgi Investitsiya dasturiga kiritilgan “Toshkent-Buxoro radiorele liniyasini rekonstruksiya qilish (Trans-Osiyo-Yevropa tola-optika aloqa liniyasini zaxiralash)” loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
“Xalqaro Telekom” aksiyadorlik kompaniyasi loyiha boʻyicha buyurtmachi, “Oʻzimpeksaloqa” aksiyadorlik jamiyati esa — ijro etuvchi agent etib belgilanganligi;
loyihani amalga oshirish maqsadida, buyurtmachi manfaatlaridan kelib chiqib, “Oʻzimpeksaloqa” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Mitsui va Ko., Ltd” firmasi bilan 1 546 681,0 ming Yaponiya iyenasi miqdorida kontrakt tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Belgilansinki, loyihani mablagʻ bilan taʼminlash quyidagi tartibda:
kontrakt qiymatining 1 314 678,9 ming Yaponiya iyenasi miqdoridagi 85 foizi mahsulot yetkazib beruvchi — “Mitsui va Ko., Ltd” firmasining Yaponiya Tashqi savdo va sanoat vazirligining sugʻurta qoplamasi ostida Yaponiyaning eksport-import bankidan beriladigan 8 yil muddatda qaytariladigan krediti hisobiga;
kontrakt qiymatining 232 002,1 ming Yaponiya iyenasi miqdoridagi 15 foizi “Mitsui va Ko., Ltd” firmasining 3 yil muddatda qaytariladigan krediti hisobiga amalga oshiriladi.
Asosiy qarz, foizlar, vositachilik haqlari va jalb qilinayotgan kreditlarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boshqa moliyaviy chiqimlar 1 va 2-ilovalarga muvofiq “Xalqaro Telekom” aksiyadorlik kompaniyasining oʻz mablagʻlari hisobiga milliy valyutada qaytariladi.
4. Oʻzbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi kontrakt qiymatining 15 foizini kreditlash boʻyicha “Mitsui va Ko., Ltd” firmasi bilan belgilangan tartibda kredit bitimi tuzsin.
5. Moliya vaziri “Oʻzimpeksaloqa” aksiyadorlik jamiyatining “Mitsui va Ko., Ltd” firmasiga toʻlov majburiyatlari boʻyicha kafolatni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda imzolashga vakil qilinsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari boʻyicha “Mitsui va Ko., Ltd” firmasi uchun maqbul shaklda yuridik xulosa bersin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari L.A. Axmetov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 30-oktabr,
485-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 485-son qaroriga 1-ILOVA
“TOShKENT-BUXORO RADIORELE LINIYASINI REKONSTRUKSIYA QILISh (TRANS-OSIYO-YEVROPA TOLA-OPTIKA ALOQA LINIYASINI ZAXIRALASh)” LOYIHASI UChUN “MITSUI VA KO., LTD” FIRMASI TOMONIDAN AJRATILGAN KREDITNI (KONTRAKT QIYMATINING 85 FOIZI) QAYTARIShNING PROGNOZ JADVALI
* YaUB — Yaponining Uzoq muddatli Bazis Stavkasi.
YaUBS = 2,3 foiz (kontrakt boʻyicha belgilangan stavka).
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 485-son qaroriga 2-ILOVA
“TOShKENT-BUXORO RADIORELE LINIYASINI REKONSTRUKSIYA QILISh (TRANS-OSIYO-YEVROPA TOLA-OPTIKA ALOQA LINIYASINI ZAXIRALASh)” LOYIHASI UChUN “MITSUI VA KO., LTD” FIRMASI TOMONIDAN AJRATILGAN KREDITNI (KONTRAKT QIYMATINING 15 FOIZI) QAYTARIShNING PROGNOZ JADVALI
LIBOR iyenali, olti oylik = 0,16250 (1999-yil 27-iyuldagi holatiga koʻra).
