Buyuk musavvir Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligini nishonlash toʻgʻrisida (559-son)
23.12.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Turkiston miniatyura maktabining asoschisi, buyuk musavvir Kamoliddin Behzod betakror ijodiy merosini xalqimizga toʻla yetkazish, yosh avlodni xalqimiz madaniyati tarixi bilan gʻururlanish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga zarur shart-sharoit yaratish hamda buyuk musavvir tavalludining 545 yilligini keng nishonlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat ishlari vazirligi, respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi va ijodiy ziyolilarning 2000-yilda buyuk musavvir Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligini keng nishonlash hamda Toshkent shahrida Kamoliddin Behzod nomida Memorial bogʻ barpo etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
2. Kamoliddin Behzod Memorial bogʻi Toshkent shahri, Sharof Rashidov koʻchasi, 40-binoga tutash xiyobonda barpo etilsin.
3. Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tashkiliy qoʻmita bir oy muddatda yubileyga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tadbirlarini ishlab chiqib tasdiqlasin va uning ijrosini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Kamoliddin Behzod Memorial bogʻini barpo etish uchun loyihalashtirish va qurilish boʻyicha buyurtmachi etib tayinlansin.
Loyihalovchi va bosh pudratchi tanlov (tender) asosida tanlab olinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi Kamoliddin Behzod Memorial bogʻini barpo etishni 1999-2000-yillar investitsiya davlat dasturiga kiritsinlar hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasiga 1998-yilda tanlov va loyihalashtirish ishlari uchun markazlashtirilgan mablagʻ ajratsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Kamoliddin Behzod va uning izdoshlari ijodini oʻrganish, meroslariga oid ashyolarni toʻplash maqsadida chet ellarga boruvchi ilmiy ekspeditsiyalarni tashkil etishga amaliy yordam koʻrsatsin.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Kamoliddin Behzod yubileyini keng nishonlash yuzasidan tadbirlar ishlab chiqib, amalga oshirsinlar.
7. Ommaviy axborot vositalariga Kamoliddnn Behzod yubileyiga tayyorgarlik koʻrish ishlarining borishini keng yoritish tavsiya etilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 23-dekabr,
559-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 23-dekabrdagi 559-son qaroriga ILOVA
Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasining
TARKIBI
