3-modda. Asosiy tushunchalar
Qizil yarim oy va qizil xoch timsollaridan foydalanish hamda ularni himoya qilish toʻgʻrisida (615-II-son) · Sana: 29.04.2004 · Amalda
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
sanitariya-transport vositalari — yarador boʻlgan, kasallangan va kema halokatiga uchragan shaxslarni, shuningdek tibbiy xodimlarni va tibbiy mol-mulkni tashish uchun moʻljallangan tashish vositalari;
tibbiy tuzilmalar — yarador boʻlgan, kasallangan va kema halokatiga uchragan shaxslarni qidirib topish, tashish, ularga tashxis qoʻyish yoki ularni davolash, shu jumladan ularga birinchi yordam koʻrsatish uchun, shuningdek kasalliklarning oldini olish uchun tashkil etilgan statsionar, koʻchma tibbiy muassasalar (boʻlinmalar) hamda boshqa fuqaro va harbiy tibbiy tuzilmalar;
tibbiy xodimlar — yarador boʻlgan, kasallangan va kema halokatiga uchragan shaxslarni qidirib topish, tashish, ularga tashxis qoʻyish yoki ularni davolash, shu jumladan ularga birinchi yordam koʻrsatish, kasalliklarning oldini olish uchun, shuningdek tibbiy tuzilmalarni xoʻjalik, moddiy-texnika va boshqa jihatdan taʼminlash uchun doimiy yoki vaqtinchalik asosda tayinlangan shaxslar;
farqlovchi signallar — tibbiy tuzilmalar va sanitariya-transport vositalarini tanib olish uchun foydalaniladigan radiosignal, yorugʻlik signali, elektron tanuv belgisi yoki boshqa signal.
