Koʻp tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston — Qozogʻiston qoʻshma komissiyasining Oʻzbekistonga oid qismini tuzish toʻgʻrisida (83-son)
18.02.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Anʼanaviy doʻstona aloqalarni yanada rivojlantirish, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasidagi xalqaro bitimlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Qozogʻiston Respublikasi bilan koʻp tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston — Qozogʻiston qoʻshma komissiyasining Oʻzbekistonga oid qismi quyidagi tarkibda tuzilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 18-fevral,
83-son
