1997-yil hosili uchun paxtaning rayonlashtirilgan va istiqbolli navlarini joylashtirish hamda Respublika xoʻjaliklarini sifatli urugʻlar bilan taʼminlash toʻgʻrisida (33-son)
20.01.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika mintaqalari boʻyicha paxtaning yuqori sifatli koʻp tola olinadigan seleksiya navlarini oqilona joylashtirish, xoʻjaliklarni yuqori sifatli urugʻlik bilan kafolatli taʼminlash, shuningdek paxta urugʻchiligini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy ishlab-chiqarish markazining 1997-yilda paxtaning rayonlashtirilgan va istiqbolli navlarini 1-ilovaga muvofiq joylashtirish boʻyicha takliflari qabul qilinsin.
2. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Jumaniyozov), “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi (Zikriyeev):
1997-yil 15-fevralgacha urugʻlik paxtani tozalashni tugallasinlar;
1997-yil 1-martgacha ekiladigan chigitning navlarga ajratilishini, tuksizlantirilishini, ularni kalibrlashni va markazlashtirilgan tartibda dorilashni taʼminlasinlar. Chigitni bir gektar maydonga oddiy usulda ekishda 60 kilogramm tukli va 30 kilogramm tuksizlantirilgan, chigitni plyonka ostiga bir qatorlab ekish uchun — 50 kg., ikki qatorga ekish uchun — 90 kg. hisobidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha 2-ilovaga muvofiq tayyorlasinlar va sotsinlar;
ekiladigan chigitning belgilangan muddatlarda viloyatlararo yetkazib berilishini 3-ilovaga muvofiq amalga oshirsinlar;
koʻchma fondda qolgan chigitning saqlanishi va sifati ustidan qattiq nazorat qilinishini taʼminlasinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari:
xoʻjaliklarda paxtaning faqat bitta, tumanlarda — 2 ta va viloyatlarda 3-4 tadan koʻp boʻlmagan seleksiya navlarini ekish tartibiga rioya qilinishini taʼminlasinlar. Xoʻjaliklar va tumanlarning rahbarlari ushbu tartibga rioya qilinishi uchun shaxsan javobgar ekanliklari toʻgʻrisida ogohlantirilsinlar;
elita va birinchi reproduksiya urugʻlari yetishtiruvchi elita urugʻchiligi xoʻjaliklari ishini alohida nazorat ostiga olsinlar. Paxtaning yangi va istiqbolli navlari faqat ilmiy-tadqiqot institutlarining eksperimental bazalarida va nav sinash uchastkalari joylashgan xoʻjaliklarda sinovdan oʻtkazilsin.
4. Ekish materialini tejamli sarflash maqsadida uni aniq ekuvchi seyalkalarda ekish amaliyotga kiritilsin. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi (Matchonov), “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminot-tuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi (Olimjonov) tuzilgan shartnomalarga muvofiq paxtachilik xoʻjaliklarini aniq ekadigan seyalkalar bilan taʼminlasinlar.
5. “Oʻzagrokimyotaʼminot” birlashmasi (Muhammadaliyev):
paxta tozalash zavodlariga chigitni dorilovchi vositalar zarur muddatlarda va miqdorda yetkazib berilishini taʼminlasin;
elita urugʻchiligi xoʻjaliklariga azotli, fosforli va kaliyli oʻgʻitlarni birinchi navbatda va paxta uchun belgilangan normadan 10 foiz ortiq yetkazib bersin.
6. Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo tadqiqotlari respublika markazi (Hasanov), “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi (Zikriyoyev) va ularning joylardagi viloyat boʻlinmalari chigitni dorilash sifati ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K. Obidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 20-yanvar,
33-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-yanvardagi 33-son qaroriga 1-ILOVA
1997-yil hosili uchun Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlarida paxtaning rayonlashtirilgan va istiqbolli navlarini joylashtirish
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-yanvardagi 33-son qaroriga 2-ILOVA
1997-yilda ekiladigan chigitni tayyorlash topshirigʻi
* Izoh: bu miqdorlarga sugʻurta fondi urugʻligining 20 foizi (3233 tonna) kiritilmagan.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-yanvardagi 33-son qaroriga 3-ILOVA
1997-yil hosili uchun ekiladigan chigitni viloyatlararo yetkazib berish topshirigʻi
