Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Turkmaniston qoʻshma komissiyasining Oʻzbekistonga oid qismini tuzish toʻgʻrisida (23-son)
13.01.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Anʼanaviy doʻstona aloqalarni yanada rivojlantirish, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati oʻrtasida uzoq muddatli savdo-iqtisodiy hamkorlikning hamda ilm-fan, texnika, axborot va madaniyat sohalarida hamkorlik qilishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi bitimlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Turkmaniston bilan savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik qilish boʻyicha Oʻzbekiston-Turkmaniston qoʻshma komissiyasining Oʻzbekistonga oid qismi quyidagi tarkibda tuzilsin:
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 13-yanvar,
23-son
