Hukumatlararo bitimlarni tasdiqlash toʻgʻrisida (241-son)
05.06.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Moldova Respublikasi Hukumati oʻrtasida 1998 — 2000-yillarga moʻljallangan savdo-iqtisodiy hamkorlik prinsiplari toʻgʻrisida bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Moldova Respublikasi Hukumati oʻrtasida soliq qonunchiligiga rioya etish masalalari boʻyicha hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisida bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Moldova Respublikasi Hukumati oʻrtasida ishlab chiqarish kooperatsiyasi toʻgʻrisida bitim.
2. Bosh vazir oʻrinbosarlari, tashqi ishlar vaziri Oʻzbekiston Respublikasining mazkur bitimlarda nazarda tutilgan majburiyatlari oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 5-iyun,
241-son
