Hukumatlararo bitimlarni tasdiqlash toʻgʻrisida (208-son)
14.05.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq:
1. Tasdiqlansin:
1998-yil 13-aprelda Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Jumhuriyati oʻrtasida imzolangan savdo va iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim;
1998-yil 9-aprelda Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Finlandiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida imzolangan ikkiyoqlama soliq solinishining oldini olish hamda daromad soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisidagi Bitim.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari, Tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov tomonidan mazkur shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlarining oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 14-may,
208-son
