Hukumatlararo bitimlarni tasdiqlash toʻgʻrisida (231-son)
27.05.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tasdiqlansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi avtomobil va temir yoʻl magistrallari boʻyicha borayotganda yoʻlovchi, yuk va bagajlarni tranzit tashish, ularning saqlanishini va xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida avtomobil yoʻllarining ayrim uchastkalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi Bitim.
2. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-sentabrdagi 422-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining mazkur Bitimlar boʻyicha majburiyatlari oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 27-may,
231-son
