Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar korxona, muassasa, tashkilotning doimiy harakatdagi ekspert komissiyasi (EK) toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (897-2-son)
02.08.2010
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI “OʻZARXIV” AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 2-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 897-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 24-25-son, 192-modda) muvofiq buyuraman:
1. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar korxona, muassasa, tashkilotning doimiy harakatdagi Ekspert komissiyasi (EK) toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 897, 2000-yil 21-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi 2000-y., 4-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor A. ABDULLAYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 16-iyul,
43-son
