Binolar va inshootlarni berish toʻgʻrisida (322-son)
18.09.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Sudlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari va sudlari faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 19-yanvardagi 18-son qaroriga muvofiq hamda korrupsiya va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashning samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda U. Nosir koʻchasi, 93-uyda joylashgan binoning yarmini (oʻng qanotini) boʻshatsin va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi balansiga bersin.
Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda hovlidagi hududni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga biriktirishga oid tegishli qaror qabul qilsin hamda tuzatish ishlarini loyihalashtirish va amalga oshirish boʻyicha pudratchi tashkilotlarni belgilasin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga muhandislik kommunikatsiyalarini rekonstruksiya qilish va binoni mukammal tuzatish uchun zarur moliyaviy resurslar ajratsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Toshkent shahar Xoʻjand koʻchasi, 12-uyda joylashgan binoni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi balansiga tekin oʻtkazsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tarkibiy boʻlinmalarni joylashtirish uchun oʻz mablagʻlari hisobidan tuzatish ishlarini amalga oshirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish qurilish, binokorlik materiallari sanoati va kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1996-yil 18-sentabr,
322-son
