Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori) (165-son)
02.08.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 2-avgust,
165-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 165-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
5. Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 28-noyabrdagi 414-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 73-modda):
a) 4-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Narxlarni boshqarish jamgʻarmasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomning 6-bandi birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Narxlarni boshqarish jamgʻarmasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 296-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 54-modda) bilan tasdiqlangan Neft mahsulotlari sotuvchi korxonalarning cheklangan ustamalarini shakllantirish toʻgʻrisidagi Nizomning 9-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Butun respublika boʻyicha markazlashtirilgan tartibda yagona chakana narxlar belgilanadigan neft mahsulotlarini AYQSH orqali va neft bazasi tarkibiga kiruvchi boshqa boʻlinmalar orqali sotishda sotish narxi va xarid narxi oʻrtasidagi ijobiy tafovut (neft bazasining cheklangan ustamasini hisobga olgan holda), qoʻshilgan qiymat soligʻini chegirib Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkaziladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkazilishi kerak boʻlgan summa fuqarolarning alohida toifalariga avtobenzin sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasi toʻlaydigan organlarga oʻtkazilgan pul mablagʻlari summasiga kamaytiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkaziladigan mablagʻlardan budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga, Respublika yoʻl jamgʻarmasiga va Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar ajratilmaydi”.
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 165-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 23-sentabrdagi 349-f-son farmoyishi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qaroriga ilovaning 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 10-son, 69-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 19-iyundagi 216-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 8-yanvardagi 11-f-son farmoyishi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qaroriga 2-ilovaning 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 43-modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika komissiyalari va kengashlari faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida” 2005-yil 6-noyabrdagi PF-3675-son Farmoni)” 2006-yil 4-yanvardagi 2-son qaroriga ilovaning 1 va 8-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 1-son, 1-modda).
