Elektr energiyasini sotishni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida (2127-son)
31.07.2010
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 31-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2127]
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Elektr energiyasini sotishni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 7-iyul,
53-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 7-iyul,
2010-32-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 7-iyuldagi 53, 2010-32 -sonli qaroriga ILOVA
Elektr energiyasini sotishni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi
Nizom
Mazkur Nizom hududiy elektr tarmoqlari korxonalari (keyingi oʻrinlarda — HETK) tomonidan elektr energiyasini sotishning buxgalteriya hisobi masalalarini tartibga soladi.
1-§. Umumiy qoidalar
1. HETK tomonidan elektr energiyasini sotishning buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi boʻlib, yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun oʻzaro hisob-kitoblarni toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirish uchun elektr energiyasini uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilinishi toʻgʻrisida haqqoniy maʼlumotlar olish hisoblanadi.
2-§. Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan elektr energiyasini xarid qilish boʻyicha operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi
2. HETK elektr energiyasini “Oʻzenergosotish” AJdan elektr energiyasini sotib olish shartnomasiga asosan oladi. HETK har oyda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning tegishli vakillari bilan birgalikda elektr tarmogʻining balans boʻyicha mansublilik chegarasida hisob-kitob davri uchun elektr energiyasini hisobga olish asboblari koʻrsatkichlarini yozib oladi.
“Oʻzenergosotish” AJdan elektr energiyasini sotib olish boʻyicha operatsiyalar HETKning buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) elektr energiyasini yetkazib berish toʻgʻrisidagi dalolatnomaga asosan tuzilgan va HETK uchun rasmiylashtirilgan hisobvaraq-fakturaga muvofiq:
debet 2990 “Boshqa tovarlar” hisobvaragʻida “Elektr energiyasi” hisobvaragʻini alohida ajratgan holda;
kredit 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlovlar” hisobvaragʻi — har oylik elektr energiyasini yetkazib berish toʻgʻrisidagi dalolatnoma va hisobvaraq-fakturaga asosan xarid qilingan elektr energiyasining summasiga;
b) olingan hisobvaraq-fakturaga muvofiq sotib olingan elektr energiyasi boʻyicha QQS summasiga:
debet 4410 “Budjetga soliqlar va yigʻimlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi;
kredit 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlovlar” hisobvaragʻi;
v) HETK tomonidan xarid qilinayotgan elektr energiyasi boʻyicha boʻnak toʻlovlari amalga oshirilganda:
debet 4310 “Tovar-moddiy zaxiralar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar” hisobvaragʻi;
kredit pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (5100, 5500 va h.k.) — hisobot davrida xarid qilinayotgan elektr energiyasi uchun berilgan boʻnak summasiga;
g) xarid qilingan elektr energiyasi uchun yakuniy hisob-kitoblar amalga oshirilayotganda ilgari berilgan boʻnak toʻlovlari summasi hisobga olinganda:
debet 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlovlar” hisobvaragʻi;
kredit 4310 “Tovar-moddiy zaxiralar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar” hisobvaragʻi;
d) hisobot davri mobaynida xarid qilingan elektr energiyasi uchun yakuniy hisob-kitoblar har oylik elektr energiyasini yetkazib berish toʻgʻrisidagi dalolatnoma va hisobvaraq-fakturaga muvofiq amalga oshirilganda:
debet 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlovlar” hisobvaragʻi;
kredit pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (5100, 5500 va h.k.) — ilgari berilgan boʻnaklar hisobga olingandan keyin toʻlangan pul mablagʻlari summasiga.
3-§. Elektr energiyasini isteʼmolchilarga (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) sotish boʻyicha operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi
3. Bevosita HETKlarning elektr tarmoqlaridan hamda isteʼmolchilar (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) yoki subisteʼmolchilarning elektr tarmoqlari orqali uzatilayotgan (yetkazib berilayotgan) elektr energiyasi uchun isteʼmolchilar (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) bilan hisob-kitoblar qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan elektr energiyasining tegishli tariflari boʻyicha elektr taʼminoti shartnomasiga asosan amalga oshiriladi.
Barcha elektr energiyasi isteʼmolchilari (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) HETK bilan birgalikda hisob-kitob davri tamom boʻlgandan keyin har oyning 5-sanasiga qadar foydalanilgan elektr energiyasi uchun oʻzaro hisob-kitoblarning taqqoslash dalolatnomasini tuzadi.
4. Barcha toifadagi isteʼmolchilarga (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) elektr energiyasini har oyda yetkazib berish shartnomaga muvofiq tegishli oy uchun yetkazib berilishi nazarda tutilgan elektr energiyasi hajmining qiymatidan qonunchilikda belgilangan miqdorda boʻnak toʻlovi isteʼmolchi (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) tomonidan toʻlangandan keyin amalga oshiriladi.
5. Shartnomaga asosan tegishli oy uchun elektr energiyasini yetkazib berish hisobiga boʻnak toʻlovlarining kelib tushishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (5100, 5200, 5500 va h.k.);
kredit 6310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar — joriy qismi” hisobvaragʻi.
6. Isteʼmolchining (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) elektr energiyasi haqini toʻlash, reaktiv energiya kompensatsiyasi uchun tarifga ustamalar, shuningdek, noqonuniy foydalanilgan elektr energiyasi qayta hisob-kitobi hamda quvvat koeffitsiyenti qiymatining isteʼmolchilar tomonidan elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilganiga nisbatan pasaytirilgani uchun hisoblangan mablagʻ va penya boʻyicha qarzi boʻlgan taqdirda, uning avans toʻlovi hisobiga oʻtkazilgan mablagʻlari qarzni qoplashga yoʻnaltiriladi va avans toʻlovi (oldindan haq toʻlash) sifatida hisobga olinmaydi. Qarzni qoplashga yoʻnaltirilgan mablagʻlar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (5100, 5200, 5500 va h. k.);
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi;
kredit 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi — penya boʻyicha summaga.
7. Isteʼmolchining (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) aybi bilan shartnomada koʻrsatilgan elektr energiyasi hajmi toʻliq isteʼmol qilinmagan taqdirda, boʻnak tariqasida toʻlangan mablagʻlarni qaytarish amalga oshirilmaydi va u isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun keyingi hisob-kitoblarda hisobga olinadi.
8. Isteʼmolchilarga (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) hisobot davrida yetkazib berilgan (sotilgan) elektr energiyasi hajmi elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (EHNAT) orqali yozib olingan yoki isteʼmolchi tomonidan taqdim etilgan elektr energiyasi sarfi toʻgʻrisidagi hisobotlardagi hisobga olish asboblari koʻrsatkichlaridan kelib chiqib elektr energiyasi isteʼmolining amalga oshirilgan hisoblanishi asosida aniqlanadi.
Isteʼmolchi tomonidan elektr energiyasi sarfi toʻgʻrisida HETKga belgilangan shakl boʻyicha bevosita oʻzi, faks, elektron yoki pochta aloqasi orqali taqdim etilgan hisobot yuridik shaxslar hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar uchun isteʼmol qilingan elektr energiyasining amaldagi hajmini aniqlash uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Hisobga olish asboblari koʻrsatkichlari yozib olinmagan yoki elektr energiyasi sarfi toʻgʻrisidagi hisobot isteʼmolchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, HETK tomonidan elektr energiyasi (shu jumladan aktiv va reaktiv energiya) isteʼmolchining shartnomaviy miqdori boʻyicha yoki oʻtgan hisob-kitob davr uchun elektr energiyasi isteʼmolining oʻrtacha sutkalik amaldagi miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida hisob-kitob qilinadi.
Bunda hisobga olish asboblari koʻrsatkichlari nazorat tartibida HETK tomonidan yozib olingandan keyin amalda isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun qayta hisob-kitob qilinadi. Qayta hisob-kitob isteʼmolchi yoki uning vakili ishtirokida yoxud uning ishtirokisiz belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
9. Elektr energiyasining sotilgan hajmini hisoblash yakuniga muvofiq HETK hisob-kitoblarni amalga oshiradi va isteʼmolchiga (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 47-moddasining talablariga muvofiq hisobvaraq-faktura taqdim etadi.
Isteʼmolchida (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) turli tarif guruhlariga mansub boʻlgan obyektlar mavjud boʻlgan taqdirda har qaysi tarif guruhini alohida koʻrsatgan holda umumiy hisobvaraq-faktura taqdim etiladi.
10. Isteʼmolchilarga (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) elektr energiyasini sotish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi;
kredit 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” hisobvaragʻi — tasdiqlovchi birlamchi hujjatlarga (elektr energiyasini yetkazib berish dalolatnomasi, hisobvaraq-faktura) muvofiq elektr energiyasini sotishdan tushum summasiga;
kredit 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi — sotilgan elektr energiyasi hajmidan hisoblangan QQS summasiga.
11. Hisobot davrida sotilgan elektr energiyasi uchun yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirishda ilgari olingan boʻnak toʻlovlari summasi hisobga olinganda:
debet 6310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar — joriy qismi” hisobvaragʻi;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi.
12. Elektr energiyasini isteʼmolchilarga (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) shartnomadagi miqdor boʻyicha hisoblab sotilishi, hamda haqiqatda isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun isteʼmolchilar (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) bilan qayta hisob-kitob qilinishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) elektr energiyasini isteʼmolchilarga (maishiy isteʼmolchilardan tashqari), qonunchilikda belgilangan tartibda shartnomadagi hisoblangan miqdor boʻyicha sotishdan tushum hisoblanganda:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi;
kredit 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” hisobvaragʻi — elektr energiyasini isteʼmolchilarga (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) elektr taʼminotining namunaviy shartnomasiga muvofiq tayyorlangan HETK va isteʼmolchi (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) oʻrtasidagi elektr taʼminoti shartnomasiga asosan hisoblangan shartnomadagi miqdor boʻyicha sotishdan olingan tushum summasiga;
kredit 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi — isteʼmolchilarga (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) sotilgan elektr energiyasining shartnomadagi miqdori boʻyicha hisoblangan hajmdan hisoblangan QQS summasiga;
b) isteʼmolchilarga (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) sotilgan elektr energiyasining tannarxini aks ettirish:
debet 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi” hisobvaragʻi;
kredit 2990 “Boshqa tovarlar” hisobvaragʻida “Elektr energiyasi” hisobvaragʻini alohida ajratgan holda — qonunchilikda belgilangan tartibda elektr energiyasi isteʼmolining shartnomadagi hisoblangan miqdori boʻyicha sotish hajmi (miqdori) va elektr energiyasini sotib olish qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblangan isteʼmolchilarga (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) sotilgan elektr energiyasining tannarxi (sotib olish qiymati) summasiga;
v) hisobot davri mobaynida elektr energiyasi isteʼmolining shartnomadagi hisoblangan miqdori boʻyicha har bir isteʼmolchi (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) boʻyicha sotishdan olingan tushum tan olinganda va unda, ilgari olingan boʻnak toʻlovlari summasi hisobga olinganda:
debet 6310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar — joriy qismi” hisobvaragʻi;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi;
g) isteʼmolchilar (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) tomonidan haqiqatda isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun keyinchalik qayta hisob-kitob qilinganda:
elektr energiyasini hisobga olish asboblari koʻrsatkichlariga muvofiq isteʼmolchilar (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) tomonidan haqiqatda isteʼmol qilingan elektr energiyasi qiymatining shartnomadagi hisoblangan miqdor boʻyicha tan olingan sotish tushumi summasidan oshgan summasiga (ijobiy farq):
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi;
kredit 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” hisobvaragʻi;
kredit 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi — ijobiy farq summasidan hisoblangan QQS summasiga;
ijobiy farq hajmi tannarxini aks ettirish:
debet 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi” hisobvaragʻi;
kredit 2990 “Boshqa tovarlar” hisobvaragʻida “Elektr energiyasi” hisobvaragʻini alohida ajratgan holda — qayta hisob-kitob qilish davridagi ijobiy farq hajmi (miqdori) va elektr energiyasining sotib olish qiymatidan kelib chiqib hisoblangan ijobiy farq hajmi tannarxi summasiga;
isteʼmol qilingan elektr energiyasining ijobiy farqi summasiga, ilgari olingan boʻnak toʻlovlarining qolgan summasi hisobga olinganda:
debet 6310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar — joriy qismi” hisobvaragʻi;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi;
shartnomadagi hisoblangan miqdor boʻyicha tan olingan sotish tushumi summasining, elektr energiyasini hisobga olish asboblari koʻrsatkichlariga muvofiq isteʼmolchilar (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) tomonidan haqiqatda isteʼmol qilingan elektr energiyasi qiymatidan oshgan summasiga (salbiy farq):
debet 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” hisobvaragʻi;
debet 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi — salbiy farq summasidan hisoblangan QQS summasiga;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi;
salbiy farq hajmi tannarxining tuzatilishini aks ettirish:
debet 2990 “Boshqa tovarlar” hisobvaragʻida “Elektr energiyasi” hisobvaragʻini alohida ajratgan holda — qayta hisob-kitob qilish davridagi salbiy farq hajmi (miqdori) va elektr energiyasining sotib olish qiymatidan kelib chiqib hisoblangan salbiy farq hajmining tannarxi summasiga;
kredit 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi” hisobvaragʻi;
shartnomadagi hisoblangan miqdordan kelib chiqib isteʼmol qilingan elektr energiyasi boʻyicha isteʼmolchining (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) qarzdorligi boʻlmagan holatda, yoki HETKning ilgari olingan avans toʻlovlari boʻyicha yuridik shaxsdan qarzdorligi mavjud boʻlgan holatda, salbiy farq summasiga quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi;
kredit 6310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar — joriy qismi” hisobvaragʻi.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarining 133-bandida belgilangan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzish (noqonuniy foydalanish) holatlari boʻyicha amalga oshiriladigan qayta hisob-kitoblar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi;
kredit 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” hisobvaragʻi;
kredit 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi — elektr energiyasi sarfini qayta hisoblangan hajmidan hisoblangan QQS summasiga;
isteʼmolchining (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) aybi bilan va/yoki boshqa shunga oʻxshash hollarda hisobga olish asbobi buzilgan holatlarda, qoʻshimcha ravishda qayta hisoblangan elektr energiyasi sarfining tannarxini aks ettirish:
debet 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi” hisobvaragʻi;
kredit 2990 “Boshqa tovarlar” hisobvaragʻida “Elektr energiyasi” hisobvaragʻini alohida ajratgan holda — qoʻshimcha ravishda qayta hisoblangan davr mobaynida qonunchilikda belgilangan tartibda elektr energiyasi isteʼmolining shartnomadagi hisoblangan miqdori boʻyicha sotish hajmi (miqdori)dan va elektr energiyasini sotib olish qiymatidan kelib chiqqan holda qoʻshimcha ravishda qayta hisoblangan elektr energiyasi sarfining tannarxi summasiga;
oʻzlarining elektr qurilmalarini HETKning elektr tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulagan taqdirda, isteʼmolchilar (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi tannarxini hisobdan chiqarish:
debet 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi” hisobvaragʻi;
kredit 2990 “Boshqa tovarlar” hisobvaragʻida “Elektr energiyasi” hisobvaragʻini alohida ajratgan holda — oʻzlarining elektr qurilmalarini HETKning elektr tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulagan hollarda, undirish hisoblanilgan davr mobaynida elektr energiyasining foydalanilgan hajmi (miqdori) va sotib olish qiymatidan kelib chiqib hisoblangan isteʼmolchi (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) tomonidan foydalanilgan elektr energiyasining tannarxi summasiga.
15. Isteʼmolchilar (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) oy mobaynida yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun yakuniy hisob-kitoblarni qonunchilikka muvofiq tuzilgan elektr taʼminoti shartnomasida koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshiradi. Isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun elektr taʼminoti shartnomasida belgilangan muddatlarda toʻlanmagan qarzi boʻlgan yuridik shaxslarga elektr energiyasi yetkazib berish toʻxtatib qoʻyiladi (maxsus tartibga koʻra elektr energiyasi yetkazib beriladigan isteʼmolchilar bundan mustasno). Ayni bir vaqtda, HETK isteʼmolchining (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) shaxsiy varaqasidagi maʼlumotlarga asosan hisob davrida yetkazib berilgan elektr energiya miqdorini soʻm qiymatida xizmat koʻrsatuvchi bank orqali toʻlov talabnomasini elektron shaklda isteʼmolchining xizmat koʻrsatuvchi bankiga taqdim etadi.
16. Hisobot davri mobaynida sotilgan elektr energiyasi boʻyicha yozilgan hisobvaraq-fakturaga muvofiq yakuniy hisob-kitoblar uchun pul mablagʻlari kelib tushganda:
debet pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (5100, 5500 va h.k.);
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi — ilgari olingan boʻnaklarni hisobga olgandan keyin olingan pul mablagʻlari summasiga.
17. Isteʼmolchi (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) tomonidan olingan elektr energiyasi qiymatini oʻz vaqtida toʻlamaganligi uchun penyalar hisoblangan hollarda, hisoblangan penyalar summalari buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi;
kredit 9330 “Undirilgan jarima, penya va ustamalar” hisobvaragʻi.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarining 135-bandida belgilangan texnik xato va kamchiliklar yoki elektr energiyasidan foydalanish qoidalarining isteʼmolchining aybisiz buzilish holatlari boʻyicha isteʼmolchiga yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun amalga oshiriladigan qayta hisob-kitoblar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) texnik xato va kamchiliklar yoki elektr energiyasidan foydalanish qoidalarining isteʼmolchining aybisiz buzilishi holatlari boʻyicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma va toʻlov uchun qoʻshimcha yozib berilgan toʻlov hujjati asosida isteʼmolchiga (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) sotilgan elektr energiyasi hajmi boʻyicha qayta hisob-kitoblarni amalga oshirish:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi;
kredit 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” hisobvaragʻi;
kredit 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi — qoʻshimcha hisoblangan sotilgan elektr energiyasi hajmidan hisoblangan QQS summasiga;
b) qoʻshimcha hisoblangan sotilgan elektr energiyasi hajmi tannarxini aks ettirish:
debet 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi” hisobvaragʻi;
kredit 2990 “Boshqa tovarlar” hisobvaragʻida “Elektr energiyasi” hisobvaragʻini alohida ajratgan holda — qoʻshimcha ravishda hisoblangan davr mobaynida qonunchilikda belgilangan tartibda, elektr energiyasi isteʼmolining shartnomadagi hisoblangan miqdori boʻyicha sotish hajmi (miqdori)dan va elektr energiyasini sotib olish qiymatidan kelib chiqib qoʻshimcha ravishda hisoblangan elektr energiyasi tannarxi (sotib olish qiymati) summasiga.
19. Hisob-kitob davrida isteʼmolchilar tomonidan (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) elektr energiyasi isteʼmoli shartnomaviy miqdordan 20 foiz va undan ortishiga yoʻl qoʻyilgan taqdirda, mazkur miqdordan ortiq isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun belgilangan tarifning 1,2 baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
Hisob-kitob davri uchun elektr energiyasining ortiqcha olingan hajmi, isteʼmolchining (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) hisoboti bilan yoki solishtirish dalolatnomasi bilan tasdiqlangan hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlanadi.
20. HETK penyalar boʻyicha alohida hisobni yuritadi, ularni hisobotlarda alohida ustunda aks ettiradi va ular boʻyicha alohida toʻlov talabnomalarini rasmiylashtiradi va taqdim etadi.
4-§. Elektr energiyasini maishiy isteʼmolchi (aholi)ga sotish boʻyicha operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi
21. Maishiy isteʼmolchi tomonidan hisob-kitob davrida haqiqatda isteʼmol qilingan elektr energiyasi miqdori maishiy isteʼmolchidagi hisobga olish asbobining koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlanadi.
EHNATga ulangan hisoblagichga ega boʻlgan isteʼmolchilarga elektr energiyasi oldindan toʻlangan toʻlov doirasida yetkazib beriladi.
22. Hisobga olish asbobi koʻrsatkichlarini navbatdagi yozib olish paytigacha maishiy isteʼmolchiga hisob-kitob davrida yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmi, elektr energiyasi isteʼmolining shartnomadagi miqdori boʻyicha yoki oʻtgan davr uchun elektr energiyasi isteʼmolining haqiqiy hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida, yaʼni oxirgi ikkita aylanib chiqishdagi hisobga olish asbobi koʻrsatkichlari oʻrtasidagi farqni ular oʻrtasidagi kunlar soniga boʻlib va hisob-kitob davridagi kunlar soniga koʻpaytirib aniqlangan oʻrtacha sutkalik isteʼmol hajmidan kelib chiqqan holda hisoblanishi mumkin.
23. Maishiy isteʼmolchidan isteʼmol qilinadigan elektr energiyasi hisobiga kelib tushadigan boʻnak toʻlovlari buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (5100,5200, 5500 va h.k.);
kredit 6310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar — joriy qismi” hisobvaragʻi.
24. Qonunchilikda belgilangan tartibda hajmi aniqlanib, maishiy isteʼmolchilarga sotilgan elektr energiyasining buxgalteriya hisobi quyidagicha amalga oshiriladi:
a) qonunchilikda belgilangan tartibda, elektr energiyasi isteʼmolining shartnomadagi hisoblangan miqdori boʻyicha yoki oʻtgan davrlar uchun elektr energiyasining haqiqiy sarfi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida elektr energiyasini maishiy isteʼmolchilarga sotishdan tushum hisoblanganda:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi;
kredit 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” hisobvaragʻi — elektr energiyasining shartnomadagi miqdori boʻyicha yoki oʻtgan davrlar uchun elektr energiyasining haqiqiy sarfi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosidagi hisob-kitoblarga muvofiq elektr energiyasini maishiy isteʼmolchilarga sotishdan tushum summasiga;
kredit 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi — elektr energiyasining shartnomadagi miqdoriga muvofiq yoki oʻtgan davrlar uchun elektr energiyasining haqiqiy sarfi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida elektr energiyasini maishiy isteʼmolchilarga sotilgan hajmidan hisoblangan QQS summasiga;
b) maishiy isteʼmolchilarga sotilgan elektr energiyasining tannarxini aks ettirish:
debet 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi” hisobvaragʻi;
kredit 2990 “Boshqa tovarlar” hisobvaragʻida “Elektr energiyasi” hisobvaragʻini alohida ajratgan holda — qonunchilikda belgilangan tartibda, elektr energiyasi isteʼmolining shartnomadagi hisoblangan miqdori boʻyicha yoki oʻtgan davrlar uchun elektr energiyasining haqiqiy sarfi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida sotilgan hajmi (miqdori)dan va elektr energiyasining sotib olish qiymatidan kelib chiqib hisoblangan maishiy isteʼmolchilarga sotilgan elektr energiyasining tannarxi (sotib olish qiymati) summasiga;
v) hisobot davri mobaynida elektr energiyasini shartnomadagi hisoblangan miqdori boʻyicha sotishdan tushum har bir maishiy isteʼmolchi boʻyicha tan olinganda ilgari olingan boʻnak toʻlovlari hisobga olinganda:
debet 6310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar — joriy qismi” hisobvaragʻi;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi;
g) maishiy isteʼmolchilar tomonidan haqiqatda isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun keyinchalik qayta hisob-kitob qilinganda:
elektr energiyasini hisobga olish asboblari koʻrsatkichlariga muvofiq maishiy isteʼmolchilar tomonidan haqiqatda isteʼmol qilingan elektr energiyasi qiymatining shartnomadagi hisoblangan miqdor boʻyicha yoki oʻtgan davrlar uchun elektr energiyasining haqiqiy sarfi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida tan olingan sotish tushumi summasidan oshgan summasiga (ijobiy farq):
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi;
kredit 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” hisobvaragʻi;
kredit 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi — ijobiy farq summasidan hisoblangan QQS summasiga;
ijobiy farq hajmi tannarxini aks ettirish:
debet 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi” hisobvaragʻi;
kredit 2990 “Boshqa tovarlar” hisobvaragʻida “Elektr energiyasi” hisobvaragʻini alohida ajratgan holda — qayta hisob-kitob qilish davridagi ijobiy farq hajmi (miqdori) va elektr energiyasining sotib olish qiymatidan kelib chiqib hisoblangan ijobiy farq hajmining tannarxi (sotib olish qiymati) summasiga;
ilgari olingan boʻnak toʻlovlarining qolgan summasi mavjud boʻlgan hollarda, ularni isteʼmol qilingan elektr energiyasining ijobiy farqi summasiga hisobga olinganda:
debet 6310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar — joriy qismi” hisobvaragʻi;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi;
shartnomadagi hisoblangan miqdor boʻyicha yoki oʻtgan davrlar uchun elektr energiyasining haqiqiy sarfi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida tan olingan sotish tushumi summasining, elektr energiyasini hisobga olish asboblari koʻrsatkichlariga muvofiq maishiy isteʼmolchilar tomonidan haqiqatda isteʼmol qilingan elektr energiyasi qiymatidan oshgan summasiga (salbiy farq):
debet 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” hisobvaragʻi;
debet 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi — salbiy farq summasidan hisoblangan QQS summasiga;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi;
salbiy farq hajmi tannarxining tuzatilishini aks ettirish:
debet 2990 “Boshqa tovarlar” hisobvaragʻida “Elektr energiyasi” hisobvaragʻini alohida ajratgan holda — qayta hisob-kitob qilish davridagi salbiy farq hajmi (miqdori) va elektr energiyasining sotib olish qiymatidan kelib chiqib hisoblangan salbiy farq hajmining tannarxi (sotib olish qiymati) summasiga;
kredit 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi” hisobvaragʻi;
shartnomadagi hisoblangan miqdordan kelib chiqib yoki oʻtgan davrlar uchun elektr energiyasining haqiqiy sarfi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida hisoblangan isteʼmol qilingan elektr energiyasi boʻyicha maishiy isteʼmolchining qarzdorligi boʻlmagan holatda, yoki HETKning ilgari olingan avans toʻlovlari boʻyicha maishiy isteʼmolchidan qarzdorligi mavjud boʻlgan holatda, salbiy farq summasiga quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi;
kredit 6310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar — joriy qismi” hisobvaragʻi.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarining 133-bandida belgilangan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzish (noqonuniy foydalanish) holatlari boʻyicha amalga oshiriladigan qayta hisob-kitoblar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi;
kredit 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” hisobvaragʻi;
kredit 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi — elektr energiyasi sarfini qoʻshimcha ravishda qayta hisoblangan hajmidan hisoblangan QQS summasiga;
maishiy isteʼmolchining aybi bilan va/yoki mazkur bandda koʻrsatilgan boshqa shunga oʻxshash hollarda, hisobga olish asbobi buzilgan holatlarda qoʻshimcha ravishda qayta hisoblangan elektr energiyasi sarfining tannarxini aks ettirish:
debet 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi” hisobvaragʻi;
kredit 2990 “Boshqa tovarlar” hisobvaragʻida “Elektr energiyasi” hisobvaragʻini alohida ajratgan holda — qoʻshimcha ravishda qayta hisoblangan davr mobaynida qonunchilikda belgilangan tartibda elektr energiyasi isteʼmolining shartnomada hisoblangan miqdori boʻyicha yoki oʻtgan davrlar uchun elektr energiyasining haqiqiy sarfi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida hisoblangan sotish hajmi (miqdori)dan va elektr energiyasini sotib olish qiymatidan kelib chiqqan holda qoʻshimcha ravishda qayta hisoblangan elektr energiyasi sarfining tannarxi (sotib olish qiymati) summasiga;
oʻzlarining elektr qurilmalarini HETKning elektr tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulagan hollarda, maishiy isteʼmolchi tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi tannarxini hisobdan chiqarish:
debet 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi” hisobvaragʻi;
kredit 2990 “Boshqa tovarlar” hisobvaragʻida “Elektr energiyasi” hisobvaragʻini alohida ajratgan holda — undirish hisoblanilgan davrda oʻzlarining elektr qurilmalarini HETKning elektr tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulagan hollarda, maishiy isteʼmolchilar tomonidan elektr energiyasining foydalanilgan hajmi (miqdori) va sotib olish qiymatidan kelib chiqib hisoblangan foydalanilgan elektr energiyasining tannarxi (sotib olish qiymati) summasiga.
26. Isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun maishiy isteʼmolchilar tomonidan toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun, qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda penya hisoblangan hollarda, hisoblangan penya summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi;
kredit 9330 “Undirilgan jarima, penya va ustamalar” hisobvaragʻi.
29. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarining 135-bandida belgilangan texnik xato va kamchiliklar yoki elektr energiyasidan foydalanish qoidalarining isteʼmolchining aybisiz buzilish holatlari boʻyicha isteʼmolchiga yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun amalga oshiriladigan qayta hisob-kitoblar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) texnik xato va kamchiliklar yoki elektr energiyasidan foydalanish qoidalarining isteʼmolchining aybisiz buzilishi holatlari boʻyicha HETK tomonidan rasmiylashtirilgan dalolatnoma va toʻlov uchun qoʻshimcha yozib berilgan toʻlov hujjati asosida maishiy isteʼmolchiga sotilgan elektr energiyasi hajmi boʻyicha qayta hisob-kitoblarni amalga oshirish:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi;
kredit 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” hisobvaragʻi;
kredit 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi — qoʻshimcha hisoblangan hajm summasidan hisoblangan QQS summasiga;
b) qoʻshimcha hisoblangan sotilgan elektr energiyasi hajmi tannarxini aks ettirish:
debet 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi” hisobvaragʻi;
kredit 2990 “Boshqa tovarlar” hisobvaragʻida “Elektr energiyasi” hisobvaragʻini alohida ajratgan holda — qoʻshimcha ravishda hisoblangan davr mobaynida qonunchilikda belgilangan tartibda, elektr energiyasi isteʼmolining shartnomadagi hisoblangan miqdori boʻyicha yoki oʻtgan davrlar uchun elektr energiyasining haqiqiy sarfi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida hisoblangan sotish hajmi (miqdori)dan va elektr energiyasini sotib olish qiymatidan kelib chiqib qoʻshimcha ravishda hisoblangan elektr energiyasi tannarxi (sotib olish qiymati) summasiga.
5-§. Hisob-kitob davrida HETK tomonidan qabul qilingan va isteʼmolchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmlaridagi tafovutni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi
30. Elektr energiyasini elektr tarmoqlari orqali uzatish vaqtida meʼyor doirasidagi texnologik sarf miqdori, qabul qilingan elektr energiyasining sotib olish qiymati boʻyicha hisoblangan holda davr xarajatlariga olib boriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 9410 “Sotish xarajatlari” hisobvaragʻi;
kredit 2990 “Boshqa tovarlar” hisobvaragʻida “Elektr energiyasi” hisobvaragʻini alohida ajratgan holda.
31. Hisob-kitob davrida HETK tomonidan isteʼmolchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasining miqdori, mazkur Nizomning 8, 21 va 22-bandlarida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadi.
32. Hisob-kitob davrida HETK tomonidan qabul qilingan elektr energiyasining miqdori, mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadi.
33. Hisob-kitob davrida HETK tomonidan isteʼmolchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi miqdori va xuddi shu davrda HETK tomonidan qabul qilingan elektr energiyasi miqdori oʻrtasidagi tafovut, va bundan elektr energiyasini elektr tarmoqlarida uzatish vaqtida meʼyorlar doirasidagi (miqyosidagi) texnologik sarf miqdorini chegirgan holda, buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) hisobot yili mobaynida:
hisob-kitob davrida isteʼmolchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmining, xuddi shu davrda HETK tomonidan qabul qilingan elektr energiyasi hajmidan har oyda oshgan miqdorini elektr energiyasini sotib olish qiymati boʻyicha hisoblab va bundan elektr energiyasini elektr tarmoqlarida uzatish vaqtida meʼyorlar doirasidagi texnologik sarf miqdorini chegirgan holda aniqlangan summaga:
debet 2990 “Boshqa tovarlar” schyotida “Elektr energiyasi” schyotini alohida ajratgan holda;
kredit materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (1600)da “Yetkazib berilgan elektr energiyasi qiymatidagi tafovut” hisobvaragʻini alohida ajratgan holda;
hisob-kitob davrida HETK tomonidan qabul qilingan elektr energiyasi hajmining, xuddi shu davrda isteʼmolchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmidan har oyda oshgan miqdorini elektr energiyasini sotib olish qiymati boʻyicha hisoblab va bundan elektr energiyasini elektr tarmoqlarida uzatish vaqtida meʼyorlar doirasidagi texnologik sarf miqdorini chegirgan holda aniqlangan summaga:
debet materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi schyotlar (1600)da “Yetkazib berilgan elektr energiyasi qiymatidagi tafovut” schyotini alohida ajratgan holda;
kredit 2990 “Boshqa tovarlar” hisobvaragʻida “Elektr energiyasi” hisobvaragʻini alohida ajratgan holda;
b) hisobot yili tugagandan soʻng materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (1600)da alohida ajratib koʻrsatilgan “Yetkazib berilgan elektr energiyasi qiymatidagi tafovut” hisobvaragʻining debet qoldigʻi, hisobot davrining xarajatlariga boshqa operatsion xarajatlar sifatida olib boriladi va quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
birlamchi hujjatlarga asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha (mazkur Nizomning 1, 2 va 3-ilovalari) hisob-kitob davrida HETK tomonidan qabul qilingan elektr energiyasi hajmi bilan, xuddi shu davrda isteʼmolchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmi oʻrtasidagi tafovut summasiga va bundan meʼyorlar doirasidagi elektr energiyasining texnologik sarfi miqdorini chegirgan holda:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” hisobvaragʻi;
kredit materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (1600)da “Yetkazib berilgan elektr energiyasi qiymatidagi tafovut” hisobvaragʻini alohida ajratgan holda;
ayni bir vaqtning oʻzida, hisobot davrida HETK tomonidan qabul qilingan elektr energiyasining hajmi va isteʼmolchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmi oʻrtasidagi tafovutga toʻgʻri keladigan, ilgari hisobga olishga olib borilgan va hisobga olishdan chiqarib tashlanishi lozim boʻlgan QQS summasining tuzatilishi, buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” hisobvaragʻi;
kredit budjetga boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (4400) — materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (1600) debet qoldigʻi summasiga toʻgʻri keladigan va hisobot davrining xarajatlariga olib boriladigan QQS summasiga;
materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (1600)da alohida ajratib koʻrsatilgan “Yetkazib berilgan elektr energiyasi qiymatidagi tafovut” hisobvaragʻining kredit qoldigʻi boshqa operatsion daromadlarga olib boriladi va quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
debet materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (1600)da “Yetkazib berilgan elektr energiyasi qiymatidagi tafovut” hisobvaragʻini alohida ajratgan holda;
kredit 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” hisobvaragʻi.
6-§. Maishiy isteʼmolchilar bilan hisob-kitoblarda tariflar oʻzgarishi natijasini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi
34. Elektr energiyasi uchun amaldagi tariflar oʻzgargan taqdirda, HETK ularning kuchga kirishidan kamida oʻn besh kun oldin qarorni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.
Bunda elektr energiyasi uchun tariflar oʻzgargan sanadan qatʼi nazar, elektr taʼminoti shartnomasi oʻz kuchida qoladi va maishiy isteʼmolchi foydalanilgan elektr energiyasi uchun yangi tarif kuchga kirgan kundan boshlab amalga kiritilgan tarif boʻyicha haq toʻlashga majburdir.
Tarif oʻzgargan taqdirda, maishiy isteʼmolchilar elektr energiyasining tarifi oʻzgargan kundan boshlab ikki oydan ortiq boʻlmagan muddatga avans tariqasida toʻlangan hajm uchun qoʻshimcha toʻlov toʻlashdan ozod etiladilar.
35. Tarif oʻzgarganda, tarif oʻzgargan sanagacha isteʼmol qilingan elektr energiyasi hajmi oldingi toʻlov vaqtidan boshlab oʻrtacha sutkalik isteʼmol boʻyicha aniqlanadi va unga eski tarif boʻyicha haq toʻlanadi. Hisoblagichlarning koʻrsatkichlari toʻlov kunida yozib olingan deb hisoblanadi.
Tariflar oʻzgargandan keyin isteʼmol qilingan elektr energiyasi miqdori uchun yangi tarif boʻyicha haq toʻlanadi.
36. Maishiy isteʼmolchi isteʼmol qilgan elektr energiyasining tariflar oʻzgargan sanadan boshlab sotilishi buxgalteriya hisobida quyidagicha amalga oshiriladi:
a) maishiy isteʼmolchilardan ilgari olingan boʻnak toʻlovlari doirasida, ammo toʻlov kunidan boshlab 2 oydan koʻp boʻlmagan vaqt uchun eski tariflar boʻyicha hisoblangan elektr energiyasini sotishdan tushum hisoblanganda:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi;
kredit 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” hisobvaragʻi — tarif oʻzgargan sanadan boshlab xaridorlardan eski tariflar boʻyicha olingan boʻnak toʻlovlari doirasida, elektr energiyasini eski tarif boʻyicha sotish summasiga;
kredit 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi — elektr energiyasini maishiy isteʼmolchiga sotish hajmidan hisoblangan QQS summasiga;
b) elektr energiyasining, maishiy isteʼmolchilardan eski tarif boʻyicha ilgari olingan boʻnak toʻlovlari summasidan oshgan qismidan, yangi tarif boʻyicha sotishdan tushum hisoblanganda:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi;
kredit 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” hisobvaragʻi — tariflar oʻzgargan sanadan boshlab elektr energiyasining maishiy isteʼmolchilardan eski tarif boʻyicha ilgari olingan boʻnak toʻlovlari summasidan oshgan qismidan, yangi tarif boʻyicha sotish summasiga;
kredit 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi — elektr energiyasini maishiy isteʼmolchiga sotish hajmidan hisoblangan QQS summasiga;
v) tariflar oʻzgargan sanadan boshlab sotilgan elektr energiyasining tannarxini aks ettirish:
debet 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi” hisobvaragʻi;
kredit 2990 “Boshqa tovarlar” hisobvaragʻida “Elektr energiyasi” hisobvaragʻini alohida ajratgan holda — maishiy isteʼmolchilarga sotilgan elektr energiyasining tannarxi summasiga;
g) tarif oʻzgargan sanadan boshlab isteʼmol qilingan elektr energiyasini sotishdan tushumni, har bir maishiy isteʼmolchi boʻyicha eski tarif bilan hisoblanib tan olishda, ilgari olingan boʻnak toʻlovlari hisobga olinganda:
debet 6310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar — joriy qismi” hisobvaragʻi;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi — ilgari olingan va eski tarif boʻyicha hisoblangan boʻnak toʻlovlarini hisobga olish summasiga;
d) eski tarif boʻyicha ilgari olingan boʻnak toʻlovlari summasi, tarif oʻzgargan sanadan boshlab 2 oydan koʻp boʻlgan vaqtda har bir maishiy isteʼmolchi boʻyicha yangi tarif boʻyicha isteʼmol qilingan elektr energiyasini sotishdan tushumni tan olishda hisobga olinganda:
debet 6310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnak toʻlovlari — joriy qismi” hisobvaragʻi;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi” — yangi tarif boʻyicha hisoblangan ilgari olingan boʻnak toʻlovlarini hisobga olish summasiga.
37. Hisobga olish asboblari koʻrsatkichlarining oxirgi yozib olish sanasidan tariflar oʻzgargan sanagacha maishiy isteʼmolchi haqiqatda isteʼmol qilgan elektr energiyasining qayta hisob-kitobini amalga oshirish maqsadida, mazkur davr uchun oʻrtacha sutkalik isteʼmol, tariflar oʻzgargan paytdan keyin hisobga olish asboblari koʻrsatkichlaridan olingan isteʼmol qilingan elektr energiyasining haqiqatdagi koʻrsatkichlari asosida aniqlanadi. Oʻz navbatida, qayta hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida, toʻlov hujjatlari boʻyicha olingan isteʼmol qilingan elektr energiyasi koʻrsatkichlari, isteʼmol qilingan elektr energiyasining haqiqiy koʻrsatkichlari sifatida foydalanilmaydi.
38. Hisobga olish asboblarining haqiqatdagi koʻrsatkichlariga muvofiq maishiy isteʼmolchi tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi qiymatining, elektr energiyasini shartnomadagi hisoblangan miqdori boʻyicha yoki oʻtgan davrlar uchun elektr energiyasining haqiqiy sarfi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida hisoblangan sotish tushumi summasidan koʻp boʻlganida (ijobiy farq):
a) hisobga olish asboblari koʻrsatkichlarini oxirgi marta yozib olish sanasidan boshlab to tariflar oʻzgargan sanagacha boʻlgan davr uchun:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi;
kredit 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” hisobvaragʻi — hisobga olish asboblari koʻrsatkichlarini oxirgi marta yozib olish sanasidan to tariflar oʻzgargan sanagacha boʻlgan davrda yuzaga kelgan ijobiy farq summasiga. Bunda ijobiy farq summasi, tariflar oʻzgargandan keyin yozib olingan hisobga olish asboblarining haqiqatdagi koʻrsatkichlari asosida, mazkur davr uchun oʻrtacha sutkalik isteʼmoldan kelib chiqib hisoblanadi;
kredit 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi — ushbu ijobiy farq summasidan hisoblangan QQS summasiga;
b) mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan davr uchun ijobiy farq hajmining tannarxini aks ettirish:
debet 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi” hisobvaragʻi;
kredit 2990 “Boshqa tovarlar” hisobvaragʻida “Elektr energiyasi” hisobvaragʻini alohida ajratgan holda — qayta hisob — kitob qilish davridagi ijobiy farq hajmi (miqdori) va elektr energiyasining sotib olish qiymatidan kelib chiqib hisoblangan ijobiy farq hajmining tannarxi summasiga;
v) tariflar oʻzgargan sanadan boshlab hisobga olish asboblarining haqiqatdagi koʻrsatkichlarini yozib olish sanasigacha boʻlgan davr uchun:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi;
kredit 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” hisobvaragʻi — tariflar oʻzgargan sanadan boshlab hisobga olish asboblarining haqiqatdagi koʻrsatkichlarini yozib olish sanasigacha boʻlgan davrda yuzaga kelgan ijobiy farq summasiga;
kredit 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi – ushbu ijobiy farq summasidan hisoblangan QQS summasiga;
g) mazkur bandning “v” kichik bandida koʻrsatilgan davr uchun ijobiy farq hajmining tannarxini aks ettirish:
debet 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi” hisobvaragʻi;
kredit 2990 “Boshqa tovarlar” hisobvaragʻida “Elektr energiyasi” hisobvaragʻini alohida ajratgan holda — qayta hisob-kitob qilish davridagi ijobiy farq hajmi (miqdori) va elektr energiyasining sotib olish qiymatidan kelib chiqib hisoblangan ijobiy farq hajmining tannarxi summasiga.
39. Elektr energiyasini shartnomadagi hisoblangan miqdori boʻyicha yoki oʻtgan davrlar uchun elektr energiyasining haqiqiy sarfi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida hisoblangan sotish tushumi summasining hisobga olish asboblarining haqiqatdagi koʻrsatkichlariga muvofiq maishiy isteʼmolchi tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi qiymatidan koʻp boʻlganida (salbiy farq):
a) hisobga olish asboblari koʻrsatkichlarini oxirgi marta yozib olish sanasidan boshlab to tariflar oʻzgargan sanagacha boʻlgan davr uchun:
debet 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” hisobvaragʻi — hisobga olish asboblari koʻrsatkichlarini oxirgi marta yozib olish sanasidan to tariflar oʻzgargan sanagacha boʻlgan davrda yuzaga kelgan salbiy farq summasiga. Bunda salbiy farq summasi, tariflar oʻzgargandan keyin yozib olingan hisobga olish asboblarining haqiqatdagi koʻrsatkichlari asosida, mazkur davr uchun oʻrtacha sutkalik isteʼmoldan kelib chiqib hisoblanadi;
debet 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi — ushbu salbiy farq summasidan hisoblangan QQS summasiga;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi;
b) mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan davr uchun salbiy farq hajmining tannarxini aks ettirish:
debet 2990 “Boshqa tovarlar” hisobvaragʻida “Elektr energiyasi” hisobvaragʻini alohida ajratgan holda — qayta hisob-kitob qilish davridagi salbiy farq hajmi (miqdori) va elektr energiyasining sotib olish qiymatidan kelib chiqib hisoblangan salbiy farq hajmining tannarxi summasiga;
kredit 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi” hisobvaragʻi;
v) tariflar oʻzgargan sanadan boshlab hisobga olish asboblarining haqiqatdagi koʻrsatkichlarini yozib olish sanasigacha boʻlgan davr uchun:
debet 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” hisobvaragʻi — tariflar oʻzgargan sanadan boshlab hisobga olish asboblarining haqiqatdagi koʻrsatkichlarini yozib olish sanasigacha boʻlgan davrda yuzaga kelgan salbiy farq summasiga;
debet 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi — ushbu salbiy farq summasidan hisoblangan QQS summasiga;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi;
g) mazkur bandning “v” kichik bandida koʻrsatilgan davr uchun salbiy farq hajmining tannarxini aks ettirish:
debet 2990 “Boshqa tovarlar” hisobvaragʻida “Elektr energiyasi” hisobvaragʻini alohida ajratgan holda — qayta hisob-kitob qilish davridagi ijobiy farq hajmi (miqdori) va elektr energiyasining sotib olish qiymatidan kelib chiqib hisoblangan salbiy farq hajmining tannarxi summasiga;
kredit 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi” hisobvaragʻi.
7-§. Reaktiv energiyani kompensatsiya qilish uchun elektr energiyasi tarifiga chegirma va ustamalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi
40. Isteʼmolchini taʼminlaydigan elektr tarmogʻining katta yuklamali soatlarida isteʼmolchi tomonidan shartnomaviy miqdordan ortiqcha reaktiv energiyani isteʼmol qilganda va yagona elektr energetika tizimining kichik yuklamali soatlarida reaktiv energiya hosil qilinganda HETK tomonidan reaktiv energiyani kompensatsiya qilish uchun ustamalarning qoʻllanilishi buxgalteriya hisobida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-noyabrdagi 511-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasi isteʼmolchilari va hududiy elektr tarmoqlari korxonalari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 44-son, 460-modda) muvofiq boshqa operatsion daromadlar sifatida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi;
kredit 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” hisobvaragʻi.
41. Isteʼmolchi tomonidan elektr tarmogʻining katta yuklamali soatlarida yagona elektr energetika tizimi tarmogʻida reaktiv energiya hosil qilinganda va elektr tarmogʻining kichik yuklamali soatlarida energiya tizimi tarmogʻidan reaktiv energiya isteʼmol qilinganda, agar isteʼmolchi bunday ish rejimida ishlashi zarurati elektr taʼminoti shartnomasida belgilangan boʻlsa, HETK tomonidan reaktiv energiyani kompensatsiya qilish uchun chegirmalarning berilishi buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettiriladi:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” hisobvaragʻi;
kredit 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi.
42. Elektr tarmogʻining katta yuklamali soatlarida reaktiv energiyaning iqtisodiy qiymati, shuningdek aynan shu soatlarda reaktiv energiya isteʼmolining bir oydagi texnikaviy chegaralari, ular HETK tomonidan yuqorida koʻrsatib oʻtilgan isteʼmolchilar tomonidan majburiy tartibda tuziladigan elektr tarmoqlarining ishlash rejimlari hisob-kitoblari asosida belgilanadi.
43. Mazkur Nizomning 42-bandida koʻrsatilgan hisob-kitob mavjud boʻlmagan taqdirda, haqiqatda isteʼmol qilingan reaktiv energiyasi uchun undiriladigan toʻlovlarning hisoblanishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi;
kredit 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” hisobvaragʻi — hisoblangan ustama summasiga.
8-§. Elektr energiyasini sotishning analitik hisobi
44. Elektr energiyasini sotish boʻyicha xaridorlar bilan hisoblashishlarning analitik hisobi har bir isteʼmolchi boʻyicha (ham yuridik shaxs, ham maishiy isteʼmolchi boʻyicha) alohida miqdor (elektr energiyasi isteʼmolining natural hisob birligida) va qiymat ifodasida yuritiladi. Bunda, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlardan tashqari, bir isteʼmolchining debitor qarzdorligi ikkinchi isteʼmolchining kreditor qarzdorligi bilan oʻzaro hisob-kitob qilinishiga ruxsat etilmaydi, yaʼni isteʼmolchilar boʻyicha qarzdorlik qoldigʻi moliyaviy hisobotda kengaytirilgan tarzda aks ettirilishi lozim.
45. Hisob — kitob davrida isteʼmolchilarga yetkazib berilgan va xuddi shu davrda HETK tomonidan qabul qilingan elektr energiyasi hajmi oʻrtasidagi farqni, elektr energiyasini elektr tarmoqlarida uzatish vaqtida meʼyorlar doirasidagi texnologik sarf miqdorini chegirgan holda, hisobdan chiqarishning analitik hisobi ham miqdor (elektr energiyasi isteʼmolining natural hisob birligida), ham qiymat ifodasida yuritiladi.
9-§. Yakuniy qoidalar
46. Elektr energiyasini sotish boʻyicha xoʻjalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ishonchliligiga va elektr energiyasining har bir isteʼmolchisi boʻyicha hisob-kitoblarning yuritilishiga rioya qilish boʻyicha javobgarlik HETK va elektr taʼminoti korxonalarining tegishli rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
47. Mazkur Nizom “Oʻzbekenergo” Davlat Aksiyadorlik Kompaniyasi bilan kelishilgan.
“Oʻzbekenergo” DAK Boshqaruv raisi B. TESHABAYEV
2010-yil 7-iyul
Elektr energiyasini sotishni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 11-sentabrdagi 98 va 2019-48-sonli qarori (roʻyxat raqami 2127-4, 10.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 10/19/2127-4/3894-son)
Elektr energiyasini sotishni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 11-sentabrdagi 98 va 2019-48-sonli qarori (roʻyxat raqami 2127-4, 10.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 10/19/2127-4/3894-son)
Elektr energiyasini sotishni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 11-sentabrdagi 98 va 2019-48-sonli qarori (roʻyxat raqami 2127-4, 10.10.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 10/19/2127-4/3894-son)
