Fransiya Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasi elchixonasini ochish toʻgʻrisida (30-son)
06.02.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Fransiya Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida 1992-yil 1-martdagi Protokolga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Parij shahrida Fransiya Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining Elchixonasi taʼsis etilsin.
2. Elchixonaning 1995-yil uchun shtat jadvali va xarajatlar smetasi 1, 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilovalar berilmaydi.
1995-yil uchun Elchixona xodimlari soni 11 kishidan iborat etib belgilansin, ulardan: diplomatik tarkib — 7, texnik tarkib — 4.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1995-yil uchun zarur mablagʻlarni xodimlarning toʻldirilishiga qarab xarajatlar smetasiga muvofiq ajratsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi shtat jadvaliga muvofiq Elchixonaning diplomatik tarkibini butlash uchun nomzodlar boʻyicha takliflar kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi elchisi xizmat maqomi va maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga tenglashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 6-fevral,
30-son
