Xitoy Xalq Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasi elchixonasini ochish toʻgʻrisida (164-son)
06.05.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida 1992-yil 2-yanvardagi qoʻshma Kommyunikega muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Pekin shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi taʼsis etilsin.
2. Elchixonaning 1995-yil uchun shtat jadvali va xarajatlar smetasi 1, 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilovalar berilmaydi.
1995-yilda Elchixona xodimlari soni 8 kishidan, shu jumladan diplomatik tarkib — 5 kishidan, texnik tarkib — 3 kishidan iborat qilib belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1995-yil uchun zarur mablagʻlarni xarajatlar smetasiga muvofiq toʻldirilishiga qarab ajratsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda shtat jadvaliga muvofiq Elchixonaning diplomatik tarkibini butlash uchun nomzodlar boʻyicha takliflar kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchisi maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga tenglashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 6-may,
164-son
